Get Mystery Box with random crypto!

TIIAME-NRU YOUTH UNION

Telegram kanalining logotibi tiiame_uz — TIIAME-NRU YOUTH UNION T
Telegram kanalining logotibi tiiame_uz — TIIAME-NRU YOUTH UNION
Kanal manzili: @tiiame_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.64K
Kanalning ta’rifi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar kanali
Ushbu kanalda Universitet hayotiga oid xabarlar, yoshlar bilan bog'liq yangiliklar berib boriladi
https://t.me/tiiame_muloqot
Murojaat uchun manzil: Universitet ma'naviyat va ma'rifat markazi.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-09-01 08:05:06
Istiqlolimizning yilligi muborak bo'lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Universitet Yoshlar kanali:
@TIIAME_UZ
288 views꧁🅞︎'🅛︎🅜︎🅐︎🅢︎bek꧂, 05:05
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:20:46
Germaniya - bu aslida armon emas, ròyobga chiqishi mumkin bòlgan orzu

Qadirli bizning obunachilarimiz! Agarda Siz ham Germaniyaga òqishga, ishlashga yoki shunchaki sayohatga ketmoqchi bòlsangiz, VIP Deutsch jamoasi bu borada Sizga qòldan kelgan yordamini ayamaydi.
Buning uchun Sizdan talab qilinadigan narsa - ozgina harakat va nemis tili bilimi.

Bizga ishoning, biz bilan birga bòling!

VIP Deutsch - kichik qadamlardan katta natijalargacha
!


Aloqa: +998971423131 (Azizbek)
Kanal:
@vip_deutsch
360 viewsRasulov Davronbek TIIAME-NRU, 13:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:00:22
ТOSHKENT SOLIQ TEXNIKUMIGA  OʻQISHGA KIRING VA MUKAMMAL  KASB EGASI  BOʻLING!

Texnikumga 11-sinf bitiruvchilari va o'rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslar 2022/2023 oʻquv yili uchun 2022-yil 10-avgustdan 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

Oʻqish muddati – 2 yil.
Ta’lim shakli: kunduzgi va sirtqi
Ta'lim tili: o'zbek va rus

Toshkent soliq texnikumida o'qishning afzalliklari:
Toshkent soliq texnikumini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar Janubiy Koreyaning Honam universitetiga 3-bosqichga o'qishga qabul qilinadi (2+2).
Turar  joy bilan ta’minlash kafolatlanadi!

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Abituriyentlar OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan texnikumga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Buning uchun: Texnikumga ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlash lozim.
677 viewsAzizbek Hasanov, 08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:08:01
#2022_2023_o‘quv_yili

"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi e'tiborida

Milliy tadqiqot universiteti yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Universitetda jami 228 ta ma’ruza, amaliy va laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, jumladan xorijiy va respublika tashkilotlari homiyligida 16 ta maxsus jihozlangan auditoriya va 2 ta ilmiy laboratoriya tashkil etilgan.

Batafsil:
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi yangiliklari kanali rasmiy saytida
https://edu.uz/uz/news/view/4308

Universitet Yoshlar kanali:
@TIIAME_UZ
992 views꧁🅞︎'🅛︎🅜︎🅐︎🅢︎bek꧂, 15:08
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:20:31
Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi!

Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida ishtrok etishni istaysizmi
Oʻz qobiliyatlaringizni koʻrsatib birinchi boʻlmoqchimisiz
Gʻolib boʻlib pul va qimmatbaho sovgʻalar egasiga aylanish istagingiz boʻlsa jim turmang!!!


HOZIROQ ROʻYHATDAN OʻTING

Sport turlari bo'yicha musobaqalarning Nizomi bilan tanishing!

Kurash sport turI bo'yicha musobaqaning Nizomi bilan tanishing!

"Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" tanlovining Nizomi bilan tanishing!

"Yoshlar Raqs festivali"ning Nizomi bilan tanishing!

Olimpiada besh bosqichda "mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika" darajasida tashkil etiladi

Ro'yxatdan o'tish uchun: @beshtashabbusbot

Unutmang hammasi o‘z qo‘lingizda!
——
Universitet Yoshlar kanali:
@TIIAME_UZ | @beshtashabbus_uz
1.3K views09:20
Ochish/sharhlash
2022-08-16 13:35:25 Yangi o'quv yili 5-sentyabrdan boshlanishi munosabati bilan Universitet talabalari uchun Talabalar turar joylari 5-sentyabrdan ochiladi. Uzoq xududlardan keladiganlar yulga chiqishda ushbu talablarga mos xolda bilet olishlari lozim.

Universitet Yoshlar kanali:
@TIIAME_UZ
1.1K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-08-16 11:43:32 Barcha ta'lim muassasalarida dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi

Bunda maktab, litsey, kollej va texnikumlar o'quvchilari shuningdek OTM talabalari 5-sentyabr, dushanba kunidan darsga chiqishlari kerak buladi.

Universitet Yoshlar kanali:
@TIIAME_UZ
1.0K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-10 07:41:51 TIIAME-NRU CUP (2-mavsum)

Turnir reglamenti:

1-bosqich: Saralash!
Roʻyxatdan oʻtgan barcha jamoalar saralash bosqichida ishtirok etadi. Eng yuqori ball toʻplagan 16ta jamoalar keyingi bosqichga (guruh bosqichiga) yoʻl oladi. Jamoalar to'plagan ballar teng kelib qolsa, oxirgi yuborilgan to'g'ri javob vaqtiga qaraladi.

2-bosqichi: Guruh bosqichi!
16ta jamoalar 4 tadan 4 guruhga, qurʼa asosida boʻlinadi: [A, B, C, D]. 3 tur davom etadigan guruh bosqichidan soʻng, har bir guruhdan eng yuqori ball toʻplagan 2 ta jamoa (1-2-o'rin) chorak finalga yoʻl oladi.

3-bosqich: Chorak final!
Bu bosqichda jamoalar guruhda egallagan oʻrniga koʻra oʻzaro kuch sinashadi:
1. A1 - C2
2. A2 - C1
3. B1 - D2
4. B2 - D1


4-bosqich: Yarim final!
Chorak finaldagi 1-juftlik gʻolibi 4-juftlik gʻolibi bilan, 2-juftlik gʻolibi esa 3-juftlik gʻolibi bilan final yoʻllanmasi uchun kurash olib borishadi.

5-bosqich: FINAL!
Finalgacha yetib kelgan eng kuchli ikki jamoa chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Eslatma:
Guruh bosqichidan oʻta olmagan 8ta jamoalar (3-4-o'rin) "Liga"ga yoʻl oladi. Liga chempioni turnir Final gʻolibi bilan "Super kubok" uchun bellashadi.

P/s: Loyihada faqat universitetimiz talabalari (bakalavr, magistr) va ustoz-murabbiylari ishtirok etishlari mumkin.

Roʻyhatdan oʻtish uchun: @TIIAMENRUZakovatBot
(Jamoa nomi, logotipi va tarkibini yuborasiz).

Bizning kanal:
@TIIAME_zakovat
1.3K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:18:58
#Тезкор Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоа билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

@Togridan_Togri
1.2K views14:18
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:33:54
“Jadidlar” to’plamining audio variantini e’tiboringizga havola etamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi qoshidagi "Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani" ovoz yozish audiostudiyasi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitob varianti tayyorlandi!

Ushbu to‘plam Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari o‘rin egallagan.

Ko’pchilik kitobxon-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ushbu to'plamni audiokitob shaklida tayyorladik. Bugun to'plamning birinchi "Mahmudxo'ja Behbudiy" kitobi audio variantini sizlarga taqdim etamiz.

Audio kitobni tinglash:

1.4K views13:33
Ochish/sharhlash