Get Mystery Box with random crypto!

”MUZEYLARGA TASHRIF” Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali | TerDU Pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

”MUZEYLARGA TASHRIF”

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda Yoshlar Ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti hamkorligida talaba-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan ”Muzeylarga tashrif” aksiyasi bo‘yicha talabalar belgilangan reja asosida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Tarix va madaniyat muzeylari, tarixiy qadamjolariga sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 12 fevral kuni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta’lim 102-guruh talabalari hamda ustozi L.Mardonova boshchiligida Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi.
Talabalar ushbu jarayondan unumli foydalanib, yurtimizning shonli tarixini yaqindan o’rganishdi hamda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish borasida o`z bilimlarini boyitib qaytdilar.

Yoshlar Ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Sh.Tursunov.