Get Mystery Box with random crypto!

'YURTIM_BO‘YLAB_SAYOHATDAMAN' Respublikamiz va viloyat miqyos | TerDU Pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

"YURTIM_BO‘YLAB_SAYOHATDAMAN"

Respublikamiz va viloyat miqyosida ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek Surxondaryo viloyat hokimligining 2021-yil 22-yanvardagi 06-06/187-son topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilda Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali tomonidan sayohatga chiquvchi professor-o‘qituvchi, ishchi-hodimlar va talaba-yoshlarning prognoz rejasi ishlab chiqilgan.

Rejaga asosan, filialimiz professor-o‘qituvchi, ishchi-hodimlari bilan bir qatorda birinchi kurs talaba-yoshlarining Surxondaryo viloyati hududidagi tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga, muhtasham manzilgohlarga, ikkinchi va undan yuqori kurs talaba-yoshlarining Respublikamizning boshqa hududlari bo‘ylab sayohat tashriflari nazarda tutilgan.

Sayohat tashriflari yil davomida reja-jadval asosida muntazam amalga oshiriladi.

Ushbu sayohat tashriflarida qatnashish istagini bildirgan hodimlar va talaba-yoshlar Pedagogika fakulteti dekanati(U.Turamuratov)ga murojaat qilishlari so‘raladi.

Murojaat uchun tel.: (97) 477-06-60