Get Mystery Box with random crypto!

Alkogol mahsulotlarini necha yoshdan xarid qilishga ruxsat ber | YURIDIK KLINIKA

Alkogol mahsulotlarini necha yoshdan xarid qilishga ruxsat beriladi?

Javob:

20 yoshdan ruxsat beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari"ga ko'ra alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Alkogolli mahsulotlarni sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi yigirma yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni sotishni rad etishi shart.

Demak, alkogol mahsulotlarini 20 yoshdan xarid qilish mumkin.

Asos: O'zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok