Get Mystery Box with random crypto!

18 YOSHGA TO'LMAGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILISH MUMKINMI? | YURIDIK KLINIKA

18 YOSHGA TO'LMAGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILISH MUMKINMI?

JAVOB:

Ha, qabul qilish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 77-moddasiga binoan, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo'l qo'yiladi. Shuningdek, 18 yoshga to'lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo'ladilar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo'shimcha imtiyozlardan foydalanishi ham tegishli ravishda belgilab berilgan.

Demak, 18 yoshga to'lmagan shaxslar o'zlarining mehnat huquqlaridan foydalanishlari mumkin.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 240-moddasi