Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun penya | YURIDIK KLINIKA

#Bilasizmi

Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun penyadan tashqari zararni ham undirish mumkinmi?

Neustoyka ya'ni jarima, penya to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.

Muddatini o‘tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o‘zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani - jarimani, penyani to‘lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Asos: "Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi Qonunning 34-moddasi

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok