Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi tdpu_uz — Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi tdpu_uz — Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @tdpu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.25K
Kanalning ta’rifi

Website : www.tdpu.uz
Telegram : T.me/TDPU_UZ
Facebook: Facebook.com/nizamitdpu
Instagram: Instagram.com/nizomiytdpu
YouTube: Youtube.com/TDPUNizami

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-01-27 20:43:04 #rektor_va_yoshlar

TDPU rektori yoshlarni qo'llab quvvatlashni guruhlar kesimida boshladi.

Batafsil »

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
4.4K views17:43
Ochish/sharhlash
2021-01-27 13:56:36 ​​ #YI_BT_saylovi #tdpu_yoshlar_ittifoqi

Qadrli Nizomiy nomidagi TDPU talabalari!

Universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchiligiga saylovlarda faol ishtirok eting!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchiligi uchun joriy yilning 4-fevral kuni saylovlar bo'lib o'tadi.

O'tgan 2020-yil davomida e'lon qilingan karantin sababli universitet yetakchiligiga saylovlarni an'anaviy o'qish boshlangandan keyin shaffof va ochiq o'tkazish rejalashtirilgan edi.

Yetakchilikka saylov e'lon qilingunga qadar barcha fakultetlardan liderlik qobiliyatiga ega, eng faol va iqtidorli talabalar saralab olindi.

Ular orasidan quyidagi uch nafar nomzod universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilot yetakchiligiga nomzod sifatida ko'rsatilmoqda. Marhamat, nomzodlar bilan tanishing:

1. Meliqo'ziyev Mumtozbek Zarifjon o'g'li -
Harbiy ta'lim fakulteti talabasi;

2. Tursunboyev G'olibjon Abdurazzoq o'g'li -
Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi;

3. Sharofiddinova Qurbonoy Ixtiyorjonovna -
Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi.

Saylov har bir fakultetdan 10 nafardan - jami 120 nafar delegatlardan iborat ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.

Saylov 2021-yil 4-fevral kuni soat 15.00 da universitetning Faollar zalida bo'lib o'tadi.

Keyingi postlarda universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilotiga nomzodlarining amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalari va dasturlari bilan tanishib borasiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
5.9K views10:56
Ochish/sharhlash
2021-01-27 13:07:09 ​​ #Alisher_Navoiy
#Navoiy_580

TDPUda Navoiy asarlari bo'yicha sahna ko'rinishlari namoyish etiladi

Universitetimiz professor-o'qituvchilari va talabalari uchun yana bir ma'naviy kecha.

Joriy yilning 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan noan'anaviy tarzda "Navoiyxonlik" kechasi bo'lib o'tadi.

Buyuk ajdodimiz, shoir va mutaffakkir Alisher Navoiyni yuksak e'tirof etish hamda hayoti va ijodini talabalarimiz o'rtasida targ'ib qilish maqsadida Navoiy asarlaridan qisqa metrajli sahna ko'rinishlari bo'lib o'tadi.

Ushbu sahna ko'rinishlarda aktyorlik mahoratiga ega, o'ziga xos rollar ijro etishni xohlagan yoshlar quyidagi raqamlarga murojaat etishlari mumkin.
+998990870441 Baxtiyor,
+998911915750
Olimjon.

Tadbir 2021-yil 9-fevral kuni soat 15.00 da universitetning Faollar zalida bo'lib o'tadi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
5.0K views10:07
Ochish/sharhlash
2021-01-25 14:58:09 ​​ #Kitobxon_avlod_uchun

100 nomdagi o‘zbek va jahon adabiyoti sara asarlarining audio kitobi yaratildi

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi o‘quvchilarning ma’naviy hamda intellektual olamini boyitish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida «Ikki eshik orasida», «Sariq devni minib», «Otamdan qolgan dalalar», «Oq kema», «Shamol ortidan yugurib» «O‘zbek xalq ertaklari» kabi jami 100 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining buyuk badiiy namunalarining audio kitob shaklidagi variantlarini yaratdi.

Mazkur audio kitoblarni www.kitob.uz sayti orqali yuklab olish va onlayn tinglash imkoniyati yaratilgan.

Manba: @yangiuzbekiston_uz

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
4.1K views11:58
Ochish/sharhlash
2021-01-23 07:00:18 #TDPU #seminar

Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari ishtirokida Sergeli tumanida maktablar bilan hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari va poytaxtimizning Sergeli tumanidagi barcha boshlang'ich sinf o'qituvchilari ishtirokida "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi" shiori ostida seminar bo'lib o'tdi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, pedagog kadrlarni kasbiy mahoratini oshirish, metodik yordam ko'rsatish orqali amaliy ko'mak berishdan iborat bo'ldi.

Universitet professor-o'qituvchilari tomonidan qilingan ma'ruzalar umumiy o'rta ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

TDPU va uning butun respublikadagi filiallari, tuzilmaviy bo'linmalari tomonidan yurtimizning turli hududlaridagi maktablar bilan hamkorlik qilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Hamkorlikdan asosiy maqsad esa ta'lim jarayoni va pedagogik kasb sifatini oshirishdan iborat.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
4.9K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-01-21 05:48:01
#badantarbiya
#birgalikda_mashq_bajaramiz
#sport_soglik_garovi

Xayrli tong azizlar!
Sizlar bilan ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaramiz.

Salomatligingiz va ishchanlik qobiliyatingizni saqlashga harakat qiling.

Mashg'ulot Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari tomonidan olib boriladi.
4.6K views02:48
Ochish/sharhlash
2021-01-18 12:01:40 #TDPU #sport_musobaqalari

Toshkent davlat pedagogika universitetida “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

Batafsil »

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
5.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-01-15 08:11:06 ​​ #Universiada_2021 #winners

Universiada sport musobaqalarida chempionlikni qo'lga kiritgan TDPU talabalari!

Mamlakatimizning Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Universiada" sport musobaqalari final bosqichi dzyudo sport turi bo'yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Abeshov Temur 60 kg vazn toifasida 1- o‘rinni egalladi.

Universitetimizning yana bir talabasi Pirnazarova Moxinur 63 kg vazn toifasida 3- o‘rinni band etdi.

Yangi yilning boshida shunday yuksak natijalar bilan universiteti, o'zi va oilasi sha'nini yuksalishiga sabab bo'lgan chempion talabalarimizni universitet rahbariyati va jamoasi nomidan g'oliblik bilan tabriklaymiz!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
8.0K views05:11
Ochish/sharhlash
2021-01-14 10:44:19
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" yurtimizning barcha o'g'lonlariga muborak bo'lsin!

Vatan himoyasi, uning tinchligi kafolati bo'lgan qadrli harbiylarimiz, yurtimizning mard o'g'lonlari sizlarni 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayrami bilan Toshkent davlat pedagogika universitetining butun jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Sharafli va muqaddas burchingizni ado etish yo'lida sizga mustahkam sog'lik, metin iroda va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz borligingiz uchun ham millionlab yurtdoshlaringiz istiqomat qilayotgan O'zbekiston atalmish diyor tinch va osuda, barqaror va farovon holatda. Hamisha oilangiz va xalqingiz ardog'ida bo'lish sizlarga nasib etsin!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
8.5K views07:44
Ochish/sharhlash
2021-01-13 15:09:57 #TDPU #Abdulla_Avloniy

Ma’rifatparvar yurt fidoiysi - Abdulla Avloniyning 142 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Batafsil »

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
4.6K views12:09
Ochish/sharhlash