Get Mystery Box with random crypto!

TATUFF | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi tatuff_rasmiy_kanal — TATUFF | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi tatuff_rasmiy_kanal — TATUFF | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @tatuff_rasmiy_kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.95K
Kanalning ta’rifi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali
www.tatuff.uz
www.fb.com/tatuffrasmiy
www.instagram.com/tatuffrasmiy
www.youtube.com/@tatuffrasmiy
Aloqa: @tatuffga_murojaat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 10:00:44
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: @eduuz
317 viewsR. M. Nabijonov, 07:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:04:14
#Qabul2022
#Imtiyoz
#Kvota
#TATU_FF

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining qabul kvotasi bilan tanishing.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
368 viewsR. M. Nabijonov, 04:04
Ochish/sharhlash
2022-07-06 21:27:34
#МенингКонституциям #Муҳокама

Конституцияни такомиллаштириш бўйича таклиф ва мулоҳазаларни йўллаш давом этмоқда. Эслатиб ўтамиз, умумхалқ муҳокамаси 15 июлга қадар давом этади.

Сиз ҳам фаол бўлинг, фикрингизни баралла айтинг! Токи бош қонунимиз халқимизга тушунарли, энг муҳими халқона, инсон-жамият-давлатга хизмат қиладиган ростмана ҳужжат бўлсин.

Таклиф билдириш учун

1. http://www.meningkonstitutsiyam.uz
2. Қисқа рақам: 1341
3. Манзил: Ўзбекистон, 100035, Тошкент, Чилонзор тумани, Бунёдкор шох кўчаси, 1
546 viewsR. M. Nabijonov, 18:27
Ochish/sharhlash
2022-07-06 21:12:22
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining qabul kvotasi bilan tanishing.

Davlat granti asosida 7 ta, to‘lov-kontrakt asosida 19 ta imtiyozli qabul qilinadi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
409 viewsR. M. Nabijonov, 18:12
Ochish/sharhlash
2022-07-06 21:12:22
#Qabul2022
#Imtiyoz
#Kvota
#TATU_FF

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining qabul kvotasi bilan tanishing.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
364 viewsR. M. Nabijonov, 18:12
Ochish/sharhlash
2022-07-06 21:06:46
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

Bizni kuzating: @eduuz
584 viewsR. M. Nabijonov, 18:06
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:19:59
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon viloyati – 183;
Buxoro viloyati – 112;
Jizzax viloyati – 81;
Qashqadaryo viloyati – 193;
Navoiy viloyati – 60;
Namangan viloyati – 165;
Samarqand viloyati – 227;
Surxondaryo viloyati – 155;
Sirdaryo viloyati – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona viloyati – 221;
Xorazm viloyati – 110;
Toshkent shahri – 155.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022

Manbaa
560 viewsR. M. Nabijonov, 15:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:40:55
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali sizlarga masofaviy ta'lim shaklini taklif qiladi.

Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Masofaviy ta'lim shakli uchun 2022/2023 o'quv yili uchun qabul kvotasi bilan tanishing.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
1.1K viewsR. M. Nabijonov, 13:40
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:40:55
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialining magistratura bo'yicha 2022/2023 o'quv yili uchun qabul rejasi(grant) bilan tanishing va imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
566 viewsR. M. Nabijonov, 13:40
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:23:11 Qabul tugashiga 2 hafta qoldi!

Hali ham qaysi oliy ta'limga topshirishni bilmay turgan bo'lsangiz unda bizning oliy ta'lim aynan siz uchun!

Abituriyentlarga foydali ma'lumot tarzida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali 2021/2022 o'quv yilida kirish ballari haqida ma'lumotlarni havola etamiz!

Kunduzgi ta'lim shakli uchun 2021/2022 o'quv yili uchun o'tish ballari

Kunduzgi ta'lim shakli uchun 2022/2023 o'quv yili uchun qabul rejasi

Sirtqi ta'lim shakli uchun 2021/2022 o'quv yili uchun o'tish ballari

Sirtqi ta'lim shakli uchun 2022/2023 o'quv yili uchun qabul kvotasi

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali Axborot xizmati
Telegram |Qabul 2022
563 viewsR. M. Nabijonov, 13:23
Ochish/sharhlash