Get Mystery Box with random crypto!

Yong'oq va shokoladlik pechenka. Kerakli masalliqlar: • 1 | Tass_cooking ⚜️

Yong'oq va shokoladlik pechenka.

Kerakli masalliqlar:

• 115 gr margarin
• 190 gr shakar
• 1 ta tuhum
• 245 gr un
• 1 choy qoshiq razrexritel
• 60 gr yong'oq
• 100 gr shokolad

Tayyorlanishi.

Margarinni o'zini mikser qilib olamiz.
Ustidan shakar solib yana mikser qilinadi.
Keyin 1 ta tuhum solib uni ham mikser qilamiz.
So'ngra un va razrexritel solib qo'limizda aralashtiramiz.
Hamir holatiga kelmasdan oldin to'g'ralgan yong'oq bilan shokoladni solib hamir qilib olamiz.
Hamirimizni esa zuvalachalarga bo'lib olib dumaloq shakl beramiz.
So'ngra muzlatgichga 1 soatga qo'yib qotirib olamiz.
Qotib olgandan keyin qizib turgan duxofkada 170 gradusda 17-20 daqiqa mobaynida pishirib olamiz.
Juda ham mazzali bo'lgan pechenkamiz tayyor bo'ldi.

Yoqimli ishtaxa