Get Mystery Box with random crypto!

Gamburger 250 ml sut 1 osh qoshiq droja 2 osh qoshiq shakar o | Tass_cooking ⚜️

Gamburger

250 ml sut
1 osh qoshiq droja
2 osh qoshiq shakar
oʻsimlik yogʻi
300-400 gr un
Gamburger uchun sir
Kolbasa
2 ta shoʻr bodring
2 ta pomidor
1 bogʻ salat bargi
1 tuxum sarigʻi
Tabga koʻra kunjut


Iliq sutga droja va shakar solib apara qilib olamiz.
Apara oshgach yog va un solib ortacha yumshoqlikdagi hamir qorib,oshirishga olib qoyamiz.
Oshgan hamirimizni zuvalalarga boʻlib yoyib olamiz. Sir, kolbasa, pomidor va shor bodring solib videoda koʻrsatilgandek ustini yopib, ustiga tuxum sarigʻiga sut aralashtirib surib tabga koʻra kunjut sepib 180 gradusga duxovkaga qoyamiz. Pishib chiqqach orasiga salat bargi ketchup, moyonez solib dasturxonga tortamiz.Yoqimli ishtaxa.