Get Mystery Box with random crypto!

Islom Karimov(3-qism) Yakun Islom Karimov shaxsiy jasurlik bo | Tarixdan testlar online dars

Islom Karimov(3-qism)
Yakun

Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo‘la olardi. Toshkent viloyati Bo‘ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi haqida bosh qotirmay, u odamlarni so‘zi bilan ishontira olganligini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining ekstremistlar tomonidan to‘laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi xodimlarsiz bir o‘zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko‘rsatib berdi.
Keltirilgan faktlar o‘sha oson bo‘lmagan vaqtning haqiqiy holatini ishonchli tarzda aks ettiradi va hech qanday izoh talab qilmaydi.
1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.
1990 yil 21 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurashUch oy mobaynida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tib, uning doirasida 6 mingdan ziyod taklif kiritildi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi
borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i bo‘ldi.
1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.
1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.
Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga - ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.
Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.
Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar.
I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi.
1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli sub'yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.


Kanal:Qodirov.uz