Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdan testlar online dars

Telegram kanalining logotibi tarixdan_testlar_online_dtm — Tarixdan testlar online dars T
Telegram kanalining logotibi tarixdan_testlar_online_dtm — Tarixdan testlar online dars
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.84K
Kanalning ta’rifi

Admin @Ubaydullo_Qodirov
👉 @Madad_Karvoni
Hamkor kanal: @universal_tarix
Reklanma agentligi @Rek_info

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-02 10:18:43
#muhim

Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;
odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining ortishi;
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi

8-sinf davlat va huquq asoslari darsligi asosida tayyorlanadi

Davomi bor...

Tayyorladi: Umid Shomurodov

@Huquqdan_online_testlar rasmiy kanal

Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/+wS2hXu7hGUs3MWRi
45 viewsUmid Shomurodov, 07:18
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:18:43
#muhim

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida maydonga chiqadi;
2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
3) monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
4) monarx o‘z faoliyatida mustaqildir;
5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
6) umrbod boshqaruv;
7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.

8-sinf davlat va huquq asoslari darsligi asosida tayyorlanadi

Davomi bor...

Tayyorladi: Umid Shomurodov

@Huquqdan_online_testlar rasmiy kanal

Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/+wS2hXu7hGUs3MWRi
10 viewsUmid Shomurodov, 07:18
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:37:00 Islom Karimov(3-qism)
Yakun

Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo‘la olardi. Toshkent viloyati Bo‘ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi haqida bosh qotirmay, u odamlarni so‘zi bilan ishontira olganligini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining ekstremistlar tomonidan to‘laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi xodimlarsiz bir o‘zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko‘rsatib berdi.
Keltirilgan faktlar o‘sha oson bo‘lmagan vaqtning haqiqiy holatini ishonchli tarzda aks ettiradi va hech qanday izoh talab qilmaydi.
1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.
1990 yil 21 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurashUch oy mobaynida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tib, uning doirasida 6 mingdan ziyod taklif kiritildi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi
borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i bo‘ldi.
1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.
1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.
Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga - ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.
Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.
Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar.
I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi.
1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli sub'yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.


Kanal:Qodirov.uz
421 viewsUbaydullo Qodirov, edited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:36:56
I.A.Karimov.(3-qism)
Mustaqil davlatimizning asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni soat 20.55 da Toshkentda miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.
331 viewsUbaydullo Qodirov, edited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:36:49 I.A.Karimov(2-qism)
Kompartiya rahbarligidan O‘zSSR Birinchi Prezidentligigacha bo‘lgan davri.

1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.
Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.
Aynan o‘sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi.
Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.
Xalokatli vaziyat xom ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi.
Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.
Qisqa muddatlarda tubdan ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.
1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida birinchi g‘alaba edi.
Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtda O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo‘lsa ham, u qabul qilinib tatbiq etildi.
O‘zbekiston zimmasiga yuklangan qarorlarga ko‘ra barcha ekinlar uchun mo‘ljallangan maydonlarning deyarli 80-90 foizi bitta ekin - paxta bilan band qilingan edi. Bu katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo‘ldi. Va Islom Karimovgacha kishilar dardiga quloq solib ularning dolzarb muammolarni yechish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan bironta rahbar bo‘lmadi.


Qodirov.uz
346 viewsUbaydullo Qodirov, edited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:36:42 Islom Abdug‘aniyevich Karimov《1-qism》

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. 
Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi.
1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. O‘zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi.
1967 yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomladi.
1973 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oldi.
1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.
1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi lavozomidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha yo‘lni bosib o‘tdi.
1983 yilda Moliya vaziri,
1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari - O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi.

Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.

U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.
U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. O‘sha yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi.


https://t.me/Qodirov_Ubaydullo
365 viewsUbaydullo Qodirov, edited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:36:37
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. 

Islom Abdug‘aniyevich Karimov《1-qism》
378 viewsUbaydullo Qodirov, 05:36
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:31:05
868 viewsUbaydullo Qodirov, edited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:28:12
Qaysi banklardan taʼlim krediti olish mumkin?

Moliya vazirligi o'tgan yilda talabalar uchun taʼlim krediti ajratadigan tijorat banklari roʻyxatini eʼlon qilgan edi. (Joriy yilda ham berish ehtimoli bor)

Unga koʻra, hozircha talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kredit olish mumkin.

Taʼlim kreditini olish uchun ushbu banklarning markaziy ofisiga kelish shart emas, oʻzingizga qulay boʻlgan istalgan filiallariga borishingiz ham mumkin.

@universal_tarix
891 viewsUbaydullo Qodirov, 14:28
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:00:44
O’ZBEKISTONdagi XUSUSIY universitetlardan biriga IMTIHONSIZ TALABA bo'ling

Studyfree Consulting sizni O’zbekiston va chet el universitetlariga talaba bo’lishingizni kafolatlaydi!

Yo'nalishlar:
Ingliz/Rus tili va adabiyoti
Pedagogika va psixologiya
Tarix
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Iqtisodiyot/Moliya
Bank ishi va audit
Bugalteriya hisobi va audit
Sport faoliyati
Neft va gaz ishi
Davolash ishi

Ta’lim shakli: Kunduzgi, Sirtqi va Kechki

Yillik kontrakt:
Sirtqi - 12 mln
Kunduzgi - 17 mlndan boshlanadi

Shoshiling joylar soni cheklangan, qabul tugashiga oz vaqt qoldi

Murojaat uchun:
934452999 | 946422131
973290136 | 936052999
943431393 | 931042999

YouTube | Instagram | Telegram | Website
1.0K viewsReklama menejer, 07:00
Ochish/sharhlash