Get Mystery Box with random crypto!

TARIX АUDIOKURS

Telegram kanalining logotibi tarixaudiokurs — TARIX АUDIOKURS T
Telegram kanalining logotibi tarixaudiokurs — TARIX АUDIOKURS
Kanal manzili: @tarixaudiokurs
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.92K
Kanalning ta’rifi

📕 Amaldagi barcha maktab darsliklarini audiodarsi bilan tinglaysiz.
👂 Tarixni quloqlar yordamida o'rganasiz.
⏰ Audiodarsni eshitish qo'shimcha vaqt talab qilmaydi
👤 Creator: @Fazliddin_Burxonov
🔢 Hamkor guruh: @Toshkent_tarix

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-06 17:47:03 #6sinf_tarix_darsligidan

1-MAVZU QISQA SATRLARDA

Qadimgi dunyo tarixi -
odam paydo bo'lgandan milodiy 476 yilgacha, ya'ni, G'arbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo'lgan davr.

Misrliklar tarixi haqida - "Piramidalar matni", "Marhumlar" kitobida.

Hindlar tarixi haqida - "Rigveda" kitobida.

O'rta Osiyo xalqlari tarixi haqida eng qadimgi yozma manba - "Avesto" kitobida. Unda Baqtriya, Sug'd, Xorazm aholisi madaniyati hikoya qilinadi.

Bobil davlati - Dajla va Frot daryolari o'zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadigan hududda joylashgan.

Bexustun - Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan behustun qoyasidagi yozuv. Fors shohi Doro I buyrug'i bilan qoyaga o'yib yozilgan yozuvda Xorazm, So'g'd, Baqtriya sanab o'tilgan.

Gerodot - mil.avv. V asr. Yunon tarixchisi. "Tarix" asarida o'lkamiz aholisining tarixi haqida yozgan.

Strabon - mill.avv. I asr ohiri. Yunon tarixchisi va geografi. "Geografiya" nomli asarida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida yozgan.

Kvint Kurtsiy Ruf - milodiy I asr. Rim tarixchisi. " Makedoniyalik Aleksandrning tarixi" asarida makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga harbiy yurushlari haqida ma'lumotlar bor.

Arrian - milodiy II asr. Yunon tarixchisi. "Aleksandrning harbiy yurishlari" nomli asarni yozgan.

davomi bor...

Do'stlaringizga ulashing

@Tarixaudiokurs
730 viewsНилуфар Ахмадалиева, edited  14:47
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:47:07
#hikmatim

Dunyo seni tog'angmas bolam

Harakatini qil. Birovga yomonlik qilmagin. Yaxshilikni kuylovchi, odamlarga sog'inuvchi bo'lgin. Ilmni olgin.Yaratganni rozi qilgan yo'lda, xalq xizmatida bo'lgin. Adolatli inson bo'lib, vijdoning oldida go'zal hisob etgin. Hammasi o'tguvchi
Keldilar, ketdilar, kelamiz, ketar...

@Tarixaudiokurs
1.1K viewsFazliddin Burxonov, 11:47
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:11:33
#tarix_tilsimi

SO'MLAR QAYERDA CHOP ETILADI?

1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda.

@Tarixaudiokurs
1.8K viewsНилуфар Ахмадалиева, edited  05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:11:05
#tarix_tilsimi

1-IYUL- MILLIY VALYUTA SO'M MUOMALAGA KIRITILGAN KUN.

So'm— Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 so'm qiymati 100 tiyin. Xalqaro ifodasi - UZS. S. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan. Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.

@Tarixaudiokurs
1.0K viewsНилуфар Ахмадалиева, 05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:39:15 Давлат ва миллат кучли бўлиши керак. Ўзбекистон – постсовет ҳудудидаги энг зиж яшаётган, аҳоли сонига нисбатан жуда тор давлат. Минтақада Чор Россияси ва советлар Россиясига энг кўп қаршилик қилган, ўз истиқлоли учун энг кўп курашган миллат – ўзбеклар. Шунинг учун ҳам ўзбеклар ва Ўзбекистонни имкон қадар босим остида ушлаб туриш, бу миллат ва халққа рушнолик бермаслик – чуқур ўйланган сиёсий онг ва лойиҳанинг махсули эди.

Мулойимлик билан, идеализм билан ҳамманинг розилигига эришиш мумкин деб ўйлайдиган ватандошларимиз кўп. Содда миллатмиз. Соддалигимиз учун ҳам, кейинги асрда хаётий макони ва имкониятлари энг кўп қисқарган миллат бўлдик. Ўзбекистон ўзи шундоқ ҳам тор ҳудудда тиқилинч яшаяпти.

Агар минтақада ҳудудий-ҳуқуқий муносабатлар қайта кўриб чиқиладиган бўлса, минтақадаги энг катта миллат, энг қудратли ҳарбий салоҳият, тарихий давлатчилик, иймон ва Ислом байроқдори бўлмиш халқ, шижоат билан ўз манфаатлари учун ҳаракат қилишга тайёр туриши керак. Заиф ва содда миллат бўлишни тўхтатиш керак. Агар ҳудудий-ҳуқуқий муносабатлар қайта кўриб чиқиш бошланса, биз ютқазмаймиз. Провокаторлар ютказади.

Камолиддин Раббимов, Сиёсатшунос

@OlimjonHaydarov
892 viewsFazliddin Burxonov, 12:39
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:47:09 Ko'chmanchi bo'lgan xalq ko'chmanchiligicha qolibti. Xudo xayringni bergurlar. Prezident o'zgarmaydi moddalar desa bular battar qilyapti. O'zbek va qoraqalpoq Millatlari o'rtasida bu nifoqqa olib keladi. Biz qardosh deb aytganimizga ham sabr bor. Sal miyani ishlatish kerak! Prezident og'irlik qilinglar degan shekilli hukumat Jim. Aynan ana shu namoyishchilar, gapni tushunmasa armiyaga tashlanadiganlar qonun doirasida chora ko'rilishi shart. Yetarlicha sabr qilindi shekilli!
Nima xohlayotganini ham bilmaydi shekilli bular!
Tinchlik bo'lsin!
874 viewsFazliddin Burxonov, edited  10:47
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:43:05
Ҳукумат сепаратистлар билан керагидан ортиқ юмшоқ муомала қиляпти. Давлатнинг куч ишлатар тузилмаларига қилинган ҳар қандай тажовуз унинг хавфсизлигига қилинган тажовуз билан тенглаштирилади. Шундоқ экан, қонунчиликда давлат хавфсизлигига тажовуз қилганлар билан қандай муомала қилиш белгиланган бўлса, шундай муносабатда бўлиш керак!

Бошида тинч намойиш қилишини айтишганди, энди эса куч ишлатар тузилмаларга турли воситалар билан ҳужумга ўтишяпти. Бу очиқчасига жиноят!!!

Мен тушунмадим, бизнинг ҳукумат нимадан қўрқяпти. Ҳаттоки, демократия чўққисига чиққан дейиладиган давлатларда бунақа ҳаракатларнинг ўндан бири қилинса, отиб ташлашади. Ҳукумат ҳукуматлигини билдириши шарт!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
945 viewsFazliddin Burxonov, 10:43
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:06:35 Qoraqalpoqlar kun mavzusiga aylandi. Bu millatga qarshiligim yo'q. Lekin shu millat ichida agressiyaga berilib hukumatga qarshi qonli urush boshlashga sabab bo'lgan provakatorlarni qoziqqa o'tqazish kerak. O'zbekistоn hududi dahlsiz va bo'linmas! Ayrimlar ortidan ergashishdan oldin biroz o'ylash kerak qardosh birodarlar. Har qaysi millat ichida bo'lgan provakatorlar sizlarda ham avj olgan. Ortidan ergashib halok bo'lishingiz yaxshi emas.
Zero tinchlik barchamiz uchun muhim. Do'st birodarlik rishtalari uzilishi ertaga birinchi navbatda o'zingizga va qolaversa butun yurtga qimmatga tushadi. G'animlar shunday vaziyatni kutib turgani sir emas edi. Vaholanki erishishdi. Sabablar ko'p...


@Tarixaudiokurs
957 viewsFazliddin Burxonov, edited  10:06
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:48:43
#arxivdan

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni va Oliy Kengashining Qarori loyihasi, gerb chizmalari.


O'zbekiston Milliy arxivi fondidan

@Tarixaudiokurs
2.2K viewsНилуфар Ахмадалиева, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:37:01
#bugun

1992 yil 2 iyul - "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida" gi Qonun qabul qilingan kun.

@Tarixaudiokurs
2.0K viewsНилуфар Ахмадалиева, 05:37
Ochish/sharhlash