Get Mystery Box with random crypto!

Taqdir hikoyalari

Telegram kanalining logotibi taqdirhikoyalari — Taqdir hikoyalari T
Telegram kanalining logotibi taqdirhikoyalari — Taqdir hikoyalari
Kanal manzili: @taqdirhikoyalari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Ajoyib hikoyalar olami🌼

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-05 06:20:44 #Izhori_Ishq_2


Ertasi kuni ham hech kayfiyatim bo'lmadi. Zerikkanim sabab qo'limga telefonimni oldim. Kollejdagi qizlar bilan saytimiz bor edi. O'sha guruhdagi bir xabar diqqatimni tortdi.
"Daisy mehmonxonasining egasi Ashraf Rashidov ajrashganiga ikki oy bo'lishiga qaramay, bir vaqtlar dekoratsiya ishlari bo'yicha o'ziga yordamchi bo'lgan Sanam Oybekovaning qo'lini so'radi. Ikki yoshning avval ham ishqiy munosabatlari bo'lgani haqidagi mish-mishlar endi xaqiqatga aylandi..." boshqa biror so'zini ham o'qiy olmadim. Demak sevgisi shu yergacha ekan? Nimalar deyabman? Ahir u menga Izhori ishq qilmaganku?! O'zingni yig', Shoda! O'zingni qo'lga ol! Hozir mana shu kundalik ham yoqmay ketyabdi. Shukronalik daftari deb tutganimni dil daftari qilib yubordim. Hech narsa yoqmayabdi. Hech narsa...
Sekin o'rnimdan turdimda biroz o'zimga qaradim. Ikkilana-ikkilana qo'limga tanish kalitni olib sumkamga soldimu, o'ylagan manzilim tomon ketdim
Bu uy...bu ko'cha...bu eshik...hamma...hammasi tanish! Hammasi bir xotira! Bu uyda Ashraf bilan qanday kunlarni ko'rmadim? Kutdim, erishdim, ozor chekdim, ozorladim, qochdim! Ha, so'nggi va yagona choramdek qochdim...ikkilanmay ikkinchi qavatdagi mo'jaz xonaga kirdim. O'zgarmabdi...o'zgartirmabdi...hali ham o'sha oppoq xona...oppoq belanchak...jonim qizim! Qani endi hayot bo'lganingda edi...sekingina belanchakka yaqinlashib xuddi ichida nuridiydam bordek biroz qimirlatdim. Afsus...men qalbim kabi bo'sh belanchakni tebratib turibman... Qo'limdagi kundalikka so'nggi jumlalarimni yozdim. Birinchi betni ochiq qoldirgan edim, shuni ham to'ldirdimu daftarni yopdim...Belanchakka so'nggi bor qarab daftarimni oppoq to'shakchasiga qo'ydim. Qanday kirgan bo'lsam, yana shunday ortimga ravona bo'ldim...


1 oydan so'ng


O'ziga tanish bo'lgan xonaga kirib kelgan yigit, o'zi juda yaxshi eslaydigan belanchakka yaqin keldi. Ichidagi kitobga o'xshash narsani ko'rib esa ochib ko'rishga kirishdi. Avvaldan begona buyumlarni sinchkov nigohlar bilan tekshiradigan yigit hozir ham o'zi tanimagan narsani ochib ko'rdi. Muqovadan so'ng biroz tanish husnixat bilan yozilgan jumlalarni ko'rdi

""Mendan izhor kutma...
Izhor uchun ishq bo'lmog'i darkor...
Menda na ishq bor...va na bir izhor...menda xatto sen yo'qsan...bo'lmaysan aslo...! Dilimda qoladi o'shal izhori ishqim...""
530 viewsㅤㅤ, 03:20
Ochish/sharhlash
2022-07-05 06:20:33 #Izhori_Ishq_2



Usiz o'tgan bir yilimda ham bunchalik qalbim zirqiramagan edi. Hozirchi? Hozir, xuddi, narkozsiz operatsiya qilinayotgan bemorga o'xshayman. Yuragimni boshqa birovga transplantatsiya qilishayotgandek...qalbim simillab og'riyabdi. Chap ko'ksimdagi "bir nima" joyini topa olmay bezovta uryabdi. Ashrafsiz o'tgan bir yilimni, mana shu bir og'iz so'z..."baxtli bo'l" degani ag'dar to'ntar qildi. Parchalarini zo'rg'a to'plab olgan chinni qalbim yana har yoqqa sachrab ketdi. Endi bilolmay qoldim, uni qayta qanday yig'aman?
Ajralganimizga ikki oycha bo'lib qoldi. Yaqinda kuz fasli kirib keldi, Lekin hamon yozda yurgandekman. Bugun eshigim taqilladi. Uydagilar bilan yashagim kelmay alohida uyga chiqib ketgan edim. Yevropacha uslubdagi, hovlisi yo'q uy. Eshikni ochib ne ko'z bilan ko'rayki, ikki kursdosh do'stim turibdi. Rosti juda ham quvonib ketdim
--IYE ZAYNAB? - bu o'sha, ro'molli kursdoshim edi.
--Shoda, yo'qolib ketdinga dugonajon! - ikkimiz bir-birimizni mahkam quchdik.
--hoy, ayollar jamoasi! Men ham borman bu yerda! - Ilhom bizga qarab to'ng'illadi. Ikkimiz ham kulib qo'ydik. Ularni uyga taklif qildim
--shu desang, to'y boshlab qo'ydik! - Ilhom mamnun jilmaydi, Zaynabning esa yuzi qizardi. Vanihoyat Ilhom sevgisiga iqror bo'libdi. Bundan quvondim albatta...
--vanihoyat topishibsizlardaa-a? - jilmayib qo'ydim
--shunday, buni senga olib keldik. Kelasana to'yga? - to'q qizil qattiqroq bahmal matoni tutqazdi qo'limga
--nasib qilsa boraman!
--unda biz boraqolaylik, Zaynabxon, turing, hali boshqa joylari ham bor borishimiz kerak bo'lgan! - Ilhom Zaynabga qarab kesatdi. U ham o'rnidan turdi. Lekin shu payt ustiga olcha sharbati to'kilib ketdi.
--shu yetmay turgan ediyaaa! Obbbooo - dedi etagini bir ikki qoqib - unga yuvinish xonasini ko'rsatib yubordim, o'zim esa Ilhom ko'chda kutaman degani uchun uni kuzatishga tashqariga chiqdim. Eshik yonida u bilan biroz suhbatlashib turgan vaqtim ko'zim nogoh bizni kuzatib turgan Ashrafga tushdi. Uning jahldan qizargan yuzi va biroz qisilgan ko'zlarini ko'rib og'ir yutindim. U uzoqda turgan bo'lsa ham bir qo'limda xatlar dastasiga, bir menga qarayotganini fahmlab bo'lgan edim. U jahl bilan mashinasiga o'tirib ketdi. Zaynab ham kiyimini tozalab chiqdi. Ilhom ikkisi birga muhabbat to'la nigohlar bilan boqqancha ketdi.
507 viewsㅤㅤ, 03:20
Ochish/sharhlash
2022-07-03 20:08:15 #Izhori_Ishq_2



Oxirgi suhbatdan keyin Ashrafdan darak bo'lmadi...jinni qizlardek uni o'zim haydab yana kuta boshlagan edim ham...

Biroz vaqt o'tib suddan chaqiruv qog'ozi keldi. Demak Ashraf ham ortiq bu ishni yoqlagan...

Jin ursin, bizga yana bir yil vaqt berishdi...men bu bir yilda nima qilaman endi?


Bundan ikki yilcha avval shunday yoz kunlarining birida Ashraf bilan bir dala hovliga borgan edim...shu tasodif sabab hayotim izdan chiqdi. Erkak zoti mo'ralab ham ko'rmagan qalbimning eshiklari unga lang ochildi. Qalbimda muhabbat deb atalmish tuyg'uni xis qildim...rafiqa bo'ldim, ammo suyukli bo'la olmadim... yana 11 soat va mening hayotim yana o'zgaradi. Yana 11 soatdan so'ng barchasi tugaydi, hamma-hammasi! Ishq ham Izhor ham, xatto nasiyaga berilmagan hayotimni tugataman! Ayriliqlarimdan yana biriga uchrayman...yana 11 soat...E, yo'q! Faqat bu emas! Faqat u bilan emas! Hozir emas! Aynan shunday ajoyib qo'shiq bilan hayol surayotganimdagi u...Yo'q! Rostan ham kerak emas... Nega yana u? Nega yana uni ko'rdim? Ooo, yo'q, u meni ko'rmasligi kerak! Tezda boshimga kepkamni bostirib kiyib oldim. Uning hozir meni ko'rib qolishi emas, meni tungi klubda ko'rib qolishi qo'rqitayotgan edi. Erdan chiqqan ayolga yarim kechasi tungi klubda qovurilgan jo'ja bormi? Uni kuzata turgan vaqtim men yoqtirgan musiqa yangradi...


Gitme, kal
Gitme, kal
Ya da beni de yanına al da kalmayayım
Bir başıma bu diyarda
Sensiz olamam, yapamam
Beni de al yanına

Kokun artık yok buralarda
Duyabilmemin bi' yolu var da...
Korkuyorum çok, yitiriyorum aklımı
Derdim çok büyük, anla
Kalbim her teklediği anda heyecan basıyor umudunla
Gelemiyorum sana
Ne yapayım bana?
Bi' anlatın ama çaresi yok daha
Yanıyor, yanıyor, yanıyor içer'de
Kanıyor, kanıyor, kanıyor sensiz
Yanıyor, yanıyor, yanıyor içer'de
Kanıyor, kanıyor, kanıyor kalbim

Gitme, kal
Gitme, kal
Ya da beni de yanına al da kalmayayım
Bir başıma bu diyarda
Sensiz olamam, yapamam
Beni de al yanına

Senin kollarında başlayan sabahlara, biten gecelere doyamadım hâlâ
Huzur bulduğunda kıskanırmış işte hayat
Garip ama sen n'olur üzülme artık
Değilsin yalnız
Bu bir veda değil
Mutluyum, inan
Anladım, bi' şanstı bu
Aşkınla dolu bir gün bile bir ömür yeter bize

Gitme, kal
Gitme, kal
Ya da beni de yanına al da kalmayayım
Bir başıma bu diyarda
Sensiz olamam, yapamam
Beni de al yanına


Shu musiqaning qiz kuylagan qismi juda yoqadi negadir...xuddi men uchun atay aytgandek...
"Sening qo'llaringda, boshlangan tonglarga
Tugagan kechalarga
To'ya olmadim hali
Huzur topganingda, qizg'onar ekan hayot
G'alati, ammo sen yolvoraman xafa bo'lma ortiq
Emassan yolg'iz
Bu bir vido emas,
Baxtliman, ishon
Tushundim, imkon bu,
Sevging bilan to'lgan bir kun, bir umrdek yetadi bizga"


--...endi rasman er-xotin emassiz, nikoh guvohnomasi qirqildi! - Ashraf bilan ko'z urushtirayotganimiz bois sudyaning so'nggi so'zlarinigina eshita oldim xolos. Indamay tashqariga chiqib ketdim. Ortimdan tanish ovoz meni chaqirdi.
--Shodaaa! - sekin ortimga o'girilib menga aralash nigohlar bilan qarab turgan Ashrafni ko'rdim. U hech bir so'zsiz yonimga kela boshladi. Uch, ikki, bir vanihoyat tumshug'ining tagidaman...umuman kutmagan bir vaqtimda u meni qattiq quchdi so'ng doimgidek bo'ynimdan o'pib qo'ygach qulog'imga shivirladi - baxtli bo'l!
598 viewsㅤㅤ, 17:08
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:33:28 #Izhori_Ishq_2


Negadir yuragim g'ash...yozning issiq kunlari kelgan bo'lsa ham, Ashraf menga haddan ziyod e'tibor ko'rsatayotgan bo'lsa ham ichimdagi "muzlik davri" hali bitganicha yo'q. Balkim yana bir qalbni og'ritayotganim uchundir? Sezib turibman, Sanam hali ham Ashrafni sevadi. Tavba, uni sevmay bo'larmidi o'zi? Xatto dil izhorisiz unga telbadan battar oshiqmanku?! Anchadan buyon ko'nglimga tugib yurgan ishimni bugun qildim! Qildim-u qizlik uyimga keldim...yo'q, men ortiq u bilan yashay olmayman...men ortiq uni baxtsiz qila olmayman...men ortiq...kulguli, ortiqchaman! Har bir insonnung hayotida qavs ichida keldim yoki qoldiq kabi bo'ldim...men hech sevila olmadim...odamlardek seva olmadim...xatto eplab ona ham bo'la olmadim...

--sen nega bunday qilding? Ko'rinib turibdiku seni sevishi...qara, hali ham eshik yonida turibdi. Balkim, gaplashib ko'rarsan? - ajrashishga ariza tashlab kelganimni bilgan Ashraf har kuni eshigim yonida. Faqat u emas, men ham qiynalib ketdim...
--nima qilaman gaplashib? Bundan foyda bormi? Qizim qaytib keladimi? - so'nggi so'zlarim yig'i sabab biroz bo'g'iq chiqdi.
--men...uni...nazarda...tutmadim...shunchaki...sen ham...qiynalib ketganing...uchun...aytgan edim... - Noza aytgan gapidan afsuslangancha yig'lab yubordi. Indamay yana qayta yotib oldim. Ko'zlarim o'z-o'zidan yumila boshladi...
--AAAAAAA! - yomon tush ta'sirida baqirib uyg'onib ketdim. Yuzimdagi terlar sabab sochlarim yopishib qolibdi. O'zim sovuq bo'lsam ham ichib qizib ketgandek edi. Derazamdan kirgan mayin shamol sabab sal titroq bosdi. Negadir ichimdagi bir xis parda yoniga borishga ishora qilaverdi. Noiloj o'rnimdan turib derazam yoniga bordim. Ichimdagi hayajon va qo'limning titrashi birla pardani ochdim. Ko'rgan manzaram esa derazamdan nigohlarini uzmay turgan Ashraf bo'ldi. Nima u uyiga ketmay qo'ydimi? Uxlamabdi ham...unga bir muddat tikilib turdim. Naqadar benuqson qiyofa...meni hayajonga soluvchi ko'zlar, yoqimli ovoz, jilvali qarash, dimoqqa xush yoquvchi ifor...biroz o'tkirdek, ammo yoqimli ifor...
--nega kelaveryabsiz? - bir mashinasiga suyanib turgan Ashrafga, bir atrofga qaradim. Tungi soat birda hech kim yo'q edi shukrkim!
--seni olib ketgani - xotirjam ohangda dedi - manzilingni unutib qo'yding chog'i?
--ajrashamiz! Eng to'g'ri yo'l shu! - o'zimcha "fakt" aytgandek qaradim
--Nega Shoda? Men namunali er bo'lmadimmi? Ha yana, - deya istehzoli kuldi - ikki tomon rozi bo'lsagina ajrim bo'ladi! Men xotinimdan g'oyatda mamnunman! U hali menga yana beshta farzand tug'ib berishi kerak! - dedi. Farzandni eshitib etim jimirlab ketdi.
--Ashraf...men...Xullas, siz bilan farzandimiz sababgina yashayotgan edik, men baxtli bo'lishni istayman! Siz bilan bu imkonsiz...biz ajrashamiz! Eng maqbul yo'li shu! Meni tinch qo'ying, endi yo'llarimiz ayro...endi ota-onalarimiz ham tushunishadi. Hadeb bu yerga kelib, ikkimizni ham otashda yoqmang...men allaqachon kulga aylandim... Men ham baxtli bo'lishni istayman...sizga ham shuni tilayman...yaxshi...yaxshi qoling! - tez-tez yurgancha uyga kirib ketdim...xonamga kiriboq derazadan unga bildirmay qaradim, sezmadi mening uni kuzatayotganimni, u ham men tomonga ma'yus qarab turibdi...nimanidir o'yladi shekilli mashinasiga o'tirib ketdi...
572 viewsㅤㅤ, 16:33
Ochish/sharhlash
2022-07-03 08:19:04
Kim Ashraf taraf?
Anonymous Poll
74%
26%
285 voters582 viewsㅤㅤ, 05:19
Ochish/sharhlash
2022-07-03 08:01:45 Haliyam Ashraf yomonmi?
565 viewsㅤㅤ, 05:01
Ochish/sharhlash
2022-07-03 07:41:13 #Izhori_Ishq_2



--Shodam, uch kundan buyon tuz totmading, kel ovqatlanib ol! - yana Ashrafning yalinchoq ohangi keldi. Qizalog'imdan ajralganimga o'n kun bo'ldi...o'sha mash'um kunga roppa rosa o'n kun bo'ldi...ichim ag'dar-to'ntar bo'lib ketdi...nega aynan menda shunday bo'ldi? Nega mening hali dunyo yuzini ko'rmagan chaqalog'im nobud bo'ldi? Vujudimdagi turli kasallikni nomini aytib chiqishdi, lekin sezib turibman...uning nobud bo'lishiga men sababman...hammasiga men sababchiman! Bir qizni qaqshatib sevganiga tegib oldim, undan xomilador ham bo'ldim! Klinikadagi tekshiruv kuni ko'rganimda esa qappaygan qornimni maqtanib ham qo'ydim, nogiron bo'lib qolgan bir qizning dilini vayron qildim...lekin men sababchi edim! Aybdor men edim! Ayb menda edi! Nega mening jannat iforli qizim nobud bo'ldi? Nega? Nega? Nega?
--keting, Ashraf...yolg'iz qolishni istayman... - vanihoyat mendan ham sado chiqdi. Yelkamdan qo'lini asta olganini, yotoqdan ham qo'zg'alganini sezdim. Ortimni o'girib yotganim bois uning yuzini ko'ra olmasam ham, ovozidan uning ham dard chekayotganini bildim. Yana unsiz ko'z yosh to'ka boshlagan chog'im belimdan o'tgan qo'llarni sezdim.
--yig'lama, Shodam! - Ashrafning mehrli ovozi keldi. Ovoz chiqarib xiqqillab yig'lay boshladim. Yo'q, bo'lmadi, chiday olmadim! Tezlik bilan o'girilib bo'ynidan quchib oldim. U ham shu barobarida belimdan mahkam quchib oldi. Hozir, aynan shu vaqtda, uning mehrli ovozi va daldali quchog'iga muxtoj edim! Men doim unga muxtojman! - chiroyligim, Allohning buyrug'i ekan, hali ko'rasan Nuriyamiz bizni jannatda kutib oladi! Siqilaverma, qalbim Shodasi! - dedi sochim aralash belimdan silar ekan. Bu gaplaridan battar yig'lab yubordim. Farzandimni nurimiz deb ataganimiz uchun ismini Nuriya qo'yib, qabrga...qabrga qo'yildi...
--Ashraf...qizimizga oq yo'rgak yarashar edi...oppoq kelin ko'ylak yarashar edi...kafan yarashmadi...hech ham yarashmadi...hech ham...
571 viewsㅤㅤ, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-01 14:52:07 #Izhori_Ishq_2


--yaxshi qilibsan kelib qizim, seni sog'ingan edik! - dedi dasturxon boshida o'tirgan dadam menga jilmayib. To'g'risi har safar qaraganida qappaygan qornimdan uyalib ketyabman
--to'g'ri, erga tegib bizni esdan ham chiqarib yubordi! - dedi arazlaganday qarab Noza. Kulib turaverdim. Zotan bir nima deyishga unchalik xolim yo'q edi. Ajoyib o'tgan kechki ovqatdan keyin biroz tobim bo'lmagani uchun hovlimizning orqa tomoniga o'tdim. Ortimdan shitirlagan ovozlar eshitildi. Biroz cho'chigancha boshimni orqaga burdim va menga g'alati jilmayib turgan oyimni ko'rdim. U menga asta yaqinlashib yonimdan joy egalladi
--seni tushunaman...men ham dadangni kutib shu yerga kelar edim - dedi. Tushunmay qarab turganimni ko'rib so'zlarini to'ldirdi - onangni yoniga ketganda, uni har kecha shu yerda kutganman! Xuddi sen hozir Ashraf sevgilisining yonidaligi uchun siqilib yurganing kabi, men ham ich-etimni yeb shu yerda osmonga tikilganman! Faqat u paytlar uy to'liq bitmagan edi, bu yerga onda-sonda kelar edik - dedi. Ko'zlarida chuqur iztirob qaynay boshladi
--Ashraf dadam emas! U uylanib olmagan - dedim behol
--yangi kelinni bir hafta yolg'iz tashlab ketdi, soatlab shifoxonada avtoxalokatga uchragan qizni yonida o'tirdi. Har kuni uni hayotga qaytarishga urundi. Lekin hayron qoldim...u bir vaqtda ikki kemada yuribdi! Yana sen himoya ham qilyabsan... Bilasanmi nima? - deb kuldi - onangga aytgan edim...qizing meni xolimga tushmasa rozi emasman degan edim! Mazlumning qarg'ishidan qo'rq deyishgan...Shoda, vaqting borida eringga egalik qil! Yo seni tanlasin, yo o'sha o'ynashini. Ishon, ona bo'layotganing uchun ham bu gaplarni aytyabman...men...mening Ro'zadan avvalgi qizim ham meni deb vafot etgandi...yaxshi ona bo'la olmadim...sen unday qilma! Ering deb farzandingga mehr bera olmay qolma, bolam deb eringga befarq bo'lma! Mendek qiynalma! Ha aytgancha, xomiladorlik senga yarashibdi! - deb kulib qo'ydi. Men bilar edim, xaqiqiy oyim dadam bilan turmush qurganlarini eshitgan Muqaddas oyim depressiya sabab farzandidan ayrilgandi. Undan keyin Ro'za, biroz o'tib men dunyoga keldim. Lekin oyimning bitmas yarasi bor...har safar o'ylaganda tirqirab qoni oqadigan chuqur yarasi...
Shu kecha hech uxlay olmadim. Borgan sari belimdagi og'riq kuchaya boshladi. Sovuq ter sabab sochlarim yuzimga yopishib ham qoldi. Bir amallab xonadan chiqib olgach Ro'zaning eshigini taqillatdim. Ochib kirishga ham xolim qolmayotgandek edi. Uning yuzi meni ko'rganda xavotirdan oqarib ketganini ko'rdim, qiziq, rostan shunchalik abgor ahvolda edimmi? Tug'ruqxonaga kelganimizdan so'ng shifokorlar menga bir nimalar qildi. Dardim tutib turgani uchun uncha narsani anglay olmadim. Bir hamshira kelib tomirimga ukol yuborgacha og'riq kuchaya boshladi. Faqat bir so'zni takrorlar edim
"Hali erta"
Hech kim meni eshitmadi. Hamma buyruq beraverdi. Sezib turibman, ular nimanidir yashirdi mendan, lekin nimani? Og'riqlarim birdan tindi. Ko'z oldim qorong'ulasha boshladi. Meni bir savol ichimni tirnardi
"Nega yig'lamayabdi?"
Shifokorlar ham shuni sezgandek bir-biriga ko'z urushtirib oldi
--bechora qiz, lekin juda kuchli ekan!
--ha juda kuchli ekan, o'lik bolani tug'ishni o'zi bo'ladimi ahir? - u nima dedi? O'lik dedimi? YO'Q! YO'Q! YO'Q! BO'LISHI MUMKIN EMAS! MUMKIN EMAS!
659 viewsㅤㅤ, edited  11:52
Ochish/sharhlash
2022-07-01 14:06:12 #Izhori_Ishq_2



--SHODAA, TO'XTA! TO'XTA DEDIM! SHODAA, to'xtasangchi - ortimdan yugurib kelayotgan Ashraf oxiri menga yetib olgandan so'ng qo'lidan qattiq ushlab oldi - meni eshit, hammasini tushuntirib beraman! - dedi ikkala qo'limdan tutib.
--Ashraf...kerakmas...eshitishni istamayman... - "uni sevganim uchun hali ham voz kecha olmadim" deyishidan cho'chib gapni boshqa yoqqa burdim - biroz alohida yashab...turaylik...iltimos... - dedim qo'limni uning changalidan xalos etishga kirishib
--bu nima deganing? Qanaqa alohida yashash? ...Shoda, uning ota-onasi yo'q, dushmanlari esa talaygina. Avtoxalokatga uchrab...shu ahvolga tushib qoldi. Bunda mening ham qisman aybim bor...Shoda, ishon senga xiyonat qilib yurmadim
--hop! Iltimos, endi uyga ketishni istayman. Dadamning uyiga ketaman! - dedim va kuch bilan qo'limni tortib oldim. U indamay mashinaga qarab yura boshladi. Men ham ortidan ergashdim. Yetib kelgach u orqa o'rindiq eshigini ochdi va o'tirishimga imladi. Jahlini chiqarmaslik uchun ham indamay joyimga joylashdim. Yo'ldan bir nimalar olib chiqqan Ashrafga qarab qoldim. U ham bir nima esiga tushgandek mashina oynasidan menga qaradi
--shifokor nima dedi?
--aytarlik hech nima, bola katta bo'lyabdi, shunga og'riqlar bor dedi. Bori shu! - dedim o'zimni xotirjam tutib
--nega menga aytmading, shifokorga
--menimcha so'roq qilishga xaqqingiz qolmadi. Ishoning, aytilmagan gaplar kimda ko'p degan tanlov bo'lganda siz oliy o'rinni olgan bo'lar edingiz! - dedim gapini bo'lib
--kesatmasangchi, tushuntirushga imkon bermaysanda, yana ta'na ham qilasanaa?! - asabiy kuldi
--HA MEN SHUNAQAMAN!
--baqirma menga!
--BAQIRMADIM! - deb qichqirgachgina o'zimni bosdim. Qarasam uyga yetib kelgan ekanmiz. Haftada ikki marta keladigan xizmatchimiz ham shu yerda ekan. Meni ko'rib jilmaydi, so'ng narsalarni Ashrafning qo'lidan oldi. Uyda hech kim yo'qligi uchun uni eshik yonidan kuzatmoqchi bo'ldim - hech kim yo'q ekan, endi daf bo'ling!
--o'zingni extiyot qil, jahldan tushsang qo'ng'iroq qil! Seni...sizlarni sog'intirma! - deb qornimga ham qaramay mahkam quchib oldi. Hali hech narsani anglab ulgurmasimdan lablarimda va ikki yanog'imda uning iliq taftini xis qildim - men shu atrofda bo'laman, ko'rging kelgan ondayoq meni chaqir! - deb peshonamdan o'qib qo'ygach ketdi. La'nati ayolligim qursin, uning shirin gaplaridan mumdek erigancha yana hammasini unutdim. Ortidan shirin hayollar bilan qoldim...
606 viewsㅤㅤ, 11:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 13:54:40 Sanamning holati haqida fikringiz?
547 viewsㅤㅤ, 10:54
Ochish/sharhlash