Get Mystery Box with random crypto!

Masofaviy taʼlim shaklidan o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi-mi? O | Ta'lim Live

Masofaviy taʼlim shaklidan o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi-mi?

Oliygoh.uz kanali "Qanday hollarda xorijdan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi?" sarlavhasi bilan xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotganlarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etilmasligi mazmunida ma'lumot tarqatdi. Aslida ham shundaymi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 393-sonli qarorida oʻqishni ko'chirish va rad etilishiga asos bo‘luvchi sabablar yozilgan bo'lib, mavjud ta'lim shaklidan o'zga ta'lim shaklida tahsil olgan talabalarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etilmasligi ko‘rsatilgan.

2022-yilga qadar, Respublikamizda masofaviy ta'lim shakli mavjud bo‘lmaganligi sababli, xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning "perevod arizasi" rad etildi. Biroq, 2022-2023 o'quv yilidan boshlab masofaviy ta'lim shakli joriy etildi. Demak, masofaviy ta'lim shakli - Respublikamizda mavjud ta'lim shakli hisoblanadi va VM 393-sonli qarorida ko‘rsatilgan mavjud bo‘lmagan ta'lim shakllari qatoridan o‘rin olmaydi.

Sodda qilib tushuntirganda, xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ham Respublikamizdagi davlat oliygohlariga o'qishni ko‘rishlari mumkin.

Ta'lim Live (20.05.2023)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live