Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 32

2021-02-10 14:23:31 #muhim #audio #vazirlik
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning majlisdagi nutqi, vazirimiz majlisda juda o'rinli mavzularni ko'taribdilar.
Audio bir soatdan ko'p bo'lsa-da batafsil eshitib chiqing! Juda kerakli gaplar!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev lavozimidan ozod qilindi!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.0K viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:52:26 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri 50 nafar talaba-qizlarni xorijlik mehmonlarni kutib olish uchun safarbar qilish haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayevning Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan xorijlik mehmonlarni kutib olish uchun 50 nafar talaba-qizlarni saralab olish uchun, qizlarni ro'yxatini shakillantirish haqida xat yuborgan edi. Bunga javoban Vazir o'rinbosari Yusuf Absoatov qizlarni ro'yxatga olish ishlarini boshlab yuborgan.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri kecha bo'lib o'tgan video selektorda ushbu voqealarga chuqur to'xtalib, keskin tanqid ostiga olgan:
"Bizni Vazir o'rinbosarimiz ham katta xatoga yo'l qo'ygan. Eng yomon ko'rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim, gul ko'tarib chiqishi kerak? U yerga ham o'zingizni farzandingizni qo'yib ko'ring. U bo'yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko'rinishi. Ya'ni u qizlar xohlab borayotgani yo'q. Sovuqda, darsdan chiqib, to'garakka borish kerak bo'lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko'ylakni kiyib gul ko'tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo'lmagan narsa u. Tarjimon bo'lsa tushunaman, turizmda o'qisa tushunaman.

Stadionni to'ldirish uchun ham talaba, fon uchun talaba, festival bo'lsa talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o'qish kerak. Kerak bo'lsa to'yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo'q."

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.5K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2021-02-08 20:24:33 Assalomu alaykum, kanalimizning aziz kuzatuvchilari!

Siz azizlarga ajoyib tuhfa, endi kanalimiz orqali arab tilini o'rganishingiz mumkin.
Darslarimiz mutlaqo bepul!

"Arab tilining o'zi Islomning bir qismidir va arab tilini bilish - Qur'on va sunnatni anglashning farzidir va ularni arab tilini bilmasdan anglab bo'lmaydi. Demak vazifani bajarish uchun zarur bo'lgan vositalar ham vojibdir."
(Ibn Taymiyya)

Biz nafaqat Qur'onni o'qiy olish, balki dunyo tillaridan birini o'rganish maqsadida kanalimiz a'zolari uchun videodarsliklar orqali birgalikda arab tilini o'rganishni niyat qildik!

Ushbu darslar har kuni ertalab soat 7:00da @Diniy_tafakkur kanalimizga joylanadi va kechki soat 20:00da berilgan o'sha mavzu bo'yicha @diniybarkamollik guruhida test savollari bo'lib o'tadi. Avval o'rganamiz, so'ngra savol-javob orqali o'rganganimizni mustahkamlaymiz!
Do'stlaringizni ham taklif qiling va biz bilan birgalikda arab tilini o'rganing.

@Diniy_tafakkur sahifasiga a'zo bo'ling!
https://t.me/joinchat/SIxXnLEgHUC5X5_4
7.6K views17:24
Ochish/sharhlash
2021-02-08 13:30:01 ​ ​​ Ko‘cha «Futbolining» oltin qoidalari!

1. Hech qanaqa hakam bo‘lmaydi;
2. Tasavvur qilib bo‘lmas hisoblar 16-32;
3. Jamoadagi eng do‘mboq o‘yinchi doimo darvozada turadi;
4. To‘p egasi hech qachon darvozaga turmaydi;
5. Penalti faqatgina futbolchi yotib olib so‘kinishni boshlaganidan so‘nggina belgilanadi;
6. O‘yin odatta qorong‘u tushguniga qadar davom etadi
7. O‘yin faqatgina to‘p egasi arazlab to‘pni uyga olib kirib ketib qolsagina to‘xtatiladi;
8. Maydonning qanday holatdaligini ahamiyati ham yo‘q. Stadion bo‘lishi shart emas;
9. Darvoza bo‘lishi shart emas! Ikkita tosh ham bo‘laveradi;
10. Hamma sudya. Agar to‘p qo‘lga tegsa, raqib jamoa o‘yinchilari baravariga «ruka» deb baqirishadi;
11. Offsayd umuman bo‘lmaydi;
12. O‘yin vaqti chegaralanmaydi. Bu kelishuvga bog‘liq.

Shundaymi? Balki siz ham davom ettirarsiz? Komentda kutaman...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-02-08 12:34:11
Talab va takliflarga binoan super yangilik!

Kim o'zini shaxsiy biznesini tashkil qilishni yoki bor biznesini rivojlantirishni, o'zini biznesdagi mahoratini darajasini bilishni xohlasa "IBT" (Intellektual biznes trenajor)ga marhamat.

IBT'ning insonlarga beradigan foydasi:
1-Tez qaror qabul qilish;
2-Tavakkalchilikni oshirish;
3-Pul qonun-qoidalari bn ishlash;
4-Sotuv san'atini kuchayishi;
5-Professional darjada biznes qilish.

Shoshiling, joylar soni cheklangan!
2021-yil 9-Fevral
Soat 15:00
Manzil
: Toshkent Shahri Bunyodkor stadionini ro'parasi EVRO ASIA insurance binosi
216-xona
Ha aytgancha, trening mutlaqo tekin

Murojaat_uchun: @Laylo_007
Telefon: +998933866471
https://t.me/BusinessPro_psy
7.6K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2021-02-06 11:25:50
Energetika vazirligi 15-fevraldan 20-mayga «Save Energy» tanlovini e’lon qildi.

Gʻoliblarni tanlashning asosiy mezonlari energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusini yoritishda ochiqlik, o‘ziga xoslik va xolislikdan iborat.

Konkursda rejissyorlar, jurnalistlar, blogerlar, dizaynerlar va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ishlar o‘zbek va rus tillarida quyidagi nominasiyalar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin:
“Eng yaxshi ijtimoiy video-rolik” yo‘nalishida. Mukofot – 20 million so‘m;
Eng yaxshi ijtimoiy banner (banner, poster, surat). Mukofot – 15 million so‘m;
“Eng yaxshi maqola”. Mukofot – 10 million so‘m.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
14.8K views08:25
Ochish/sharhlash
2021-02-06 09:18:50
#Kayfiyat
Sog‘lik uchun juda foydali mashq: PUL SANASH!

– Suyaklar og‘rig‘ini qoldiradi;
– Qon bosimini meyoriga soladi;
– Tish va bosh og‘rig‘ini to‘xtatadi;
– Ko‘rish qobiliyati, ishtaha, tashqi ko‘rinishni va yashash tarzni yaxshilaydi.

Ushbu mashqni tez tez bajarib turish tavasiya etiladi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
10.1K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-02-05 15:36:54 Vazirlik: stipendiantlarga davlat stipendiyasi 2020-yil 1-sentabrdan tayinlanadi

O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2020/2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.

Yurtimiz OTMlarining 219 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:
Navoiy nomli davlat stipendiyasi – 75 nafar;
Beruniy nomli davlat stipendiyasi – 58 nafar;
Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi – 13 nafar;
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi – 10 nafar;
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi – 3 nafar;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi – 60 nafar.

Sovrindorlarga davlat stipendiyasi 2020-yil 1-sentabrdan boshlab, joriy o‘quv yili davomida tayinlanadi, ya'ni natijalar fevral oyida chiqqan bo'lsa ham sentabrdan boshlab 5 oy uchun stipendiya pullari beriladi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
10.7K views12:36
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:14:00
Vazirga taklif yuboring: oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriga to'g'ridan to'g'ri takliflar yuborish uchun maxsus bot ishga tushirildi

Endilikda professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va ularning ota-onalari mazkur bot orqali bevosita vazirga sohaga oid muammolarni bildirishlari, o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.

Barcha takliflar shaxsan vazir tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda oliy ta’lim tizimi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Taklif yuborish: @vazirga_takliflar_bot

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.1K viewsedited  14:14
Ochish/sharhlash
2021-02-01 13:44:44 Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar 3-semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi!

OTMlardagi asosiy o‘zgarishlar:
Kredit-model tizimi joriy etilgach,38-40 haftalik o'quv muddati 36 haftaga tushdi. Qisqasi, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga kamaytirildi.
Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan bo‘lsa, uning ikki haftasi talabalar uchun o‘zlashtirilmagan fanlarini o‘zlashtirishga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda o‘qituvchilarni tanlashga sarflanadi.
Yana bir muhim jihati – uchinchi, yozgi semestr ham qo‘shilgan. Bu – ta’til davriga to‘g‘ri keladi va talabalarning arizasiga ko‘ra, fanlardan baho olmaganlar uchun tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qo‘shimcha mablag‘ni amalga oshiradi.
Hozircha bu tizim bo‘yicha savollar bo‘lyapti, ammo uch yildan so‘ng barcha bu tizimga to‘liq moslashadi


Talabalarning reyting daftarchasi, qayd varaqasi, o‘qituvchilar dars rejasi hamda jurnali to‘liq elektron shaklga o‘tadi

OTMlar to‘liq kredit-model tizimiga o‘tgach, reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, o‘qituvchilar dars rejasi, jurnali hamda talabalar jurnalini yuritishda qog‘oz ko‘rinishidan butunlay voz kechiladi.
Elektron shaklda baholar bo‘yicha ham shaffoflik yaratiladi. O‘qituvchi baholarni qachon qo‘yishi, qanday asoslarga ko‘ra baholanishi aniq bo‘ladi va belgilangan muddat o‘tgach, o‘qituvchi bahoni o‘zgartirishiga imkon bo‘lmaydi. Hattoki qaysidir sabab bilan o‘zgartirilsa ham bu haqdagi ma’lumotlarni saqlab qoladigan tizim yaratilmoqda».

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xolikov

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.5K viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash