Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.29K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama: t.me/tijoriy/116

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 212

2022-05-16 16:15:53
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
12.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-05-16 15:59:01
СССРда отишга маҳкум этилган ягона қиз (12 ёш).

Бу РСФСР қонунига зид эди, унда 18 ёшдан 60 ёшгача бўлган шахсларга ўлим жазоси қўлланилди. Аммо бу кичкина ҳайвоннинг қилган иши бутун қонунни ва тарихни қайта ёзишни лозим топди, чунки у...
12.9K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-05-15 17:04:38Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, o'tgan yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan. Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
11.1K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2022-05-15 15:59:01
Võshem qiyin Savol..

Savol..: Yigit bilan qiz 3 yildan bir-birini sevishar ekan Yigit qish kunlari uchrashuvga taklif qlibdi.Qiz kelib qorga 4ta xarifdan iborat bõlgan 1sòz yozibdi sòzni 2tarafdan oqiganda ham 1Xil manoni berdi? Yigit sòzni òqib 1umir bõydoq õtibdi. Qiz qorga Nima Deb yozgan..


Javobi....pastdagi knopkada
11.8K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-05-14 16:19:02 #Abituriyentlarga

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar ro‘yxati.

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
6.7K viewsedited  13:19
Ochish/sharhlash
2022-05-14 15:59:01
Дадам тўғри қилган экан..(Бир аёл хикояси)

Ёшлик пайтимда бўйим етиб уйимизга совчилар кела бошлагач, отам 6 йил ўтса ҳамки, қўлимни сўраб келганларга рад жавобини берарди.Отам хар бир эшик қоқиб келган совчи йигит билан мехмонхонада узоғи ярим соат гаплашиб, онамга куёвни махри менга тўғри келмади, насибаси бизда эмас экан деб жавоб берардилар.Отамни бундай гапларидан қайғуга ботиб, отамга нисбатан ичимда аччиқлик пайдо бўла бошлади. Гўё қандайдир мўжиза юз бердию, отам келганларнинг бирига розилик берди. Тўйимиз бўлиб ўтди.Куёв қанча махр берганини билмадиму, хайратланарлиси...

Давоми...
5.8K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-05-14 07:53:07
Izohni o'zingiz yozing.

P.s: Eng yaxshi izohlarga layk ayamaymiz !

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
6.6K views04:53
Ochish/sharhlash
2022-05-13 18:00:30 Oltin va kumush medallar OTMlarga kirish uchun imtiyoz beriladimi?

Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Mazkur nizomga muvofiq, oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
5.7K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-05-13 17:01:38
Masofy Consul tomonidan siz
- O'zbekiston
- Rossiya
- Latviya
- Turkiya
nufuzli universitetlarida imtihonlarsiz o'qishga kirishingiz mumkin!

Rossiya davlat pedagogika universiteti. A. I. Gerzen

Yo'nalishlar:
-Pedagogika (hamma yo'nalishlar)
-Axborot texnologiyalari
-Huquqshunoslik
-Menedjment
-Tilshunoslik
-Matematika
-Psixologiya
-Iqtisodiyot
-Chet tillari
-Biologiya
-Tarix

1 yildan so'ng O'zbekiston Universitetlariga ko'chirish imkoniyati ham bor!
Xorij universitetlari Diplomi nafaqat O'zbekistonda balki, MDH davlatlarida ham tan olinadi.
Bizga murojat qiling va buyuk kelajak sari ilk qadamni qo'ying!

Murojat uchun:
Onlayn konsultatsiya
+998979321322
+79697221322

Telegram |Instagram | TikTok | YouTube
7.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-05-13 16:15:20 Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
8.6K views13:15
Ochish/sharhlash