Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar(rasmiy)

Telegram kanalining logotibi talaba_tv_uz — Talaba yoshlar(rasmiy) T
Telegram kanalining logotibi talaba_tv_uz — Talaba yoshlar(rasmiy)
Kanal manzili: @talaba_tv_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Guliston Davlat Universiteti talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun:
@Yurist_Iskandar

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

3

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-30 08:11:49
Bugun 30 iyun — O‘zbekistonda " Yoshlar kuni ".

Bayramingiz muborak bo‘lsin O‘zbekiston Yoshlari!

@Talaba_Tv_Uz
705 views05:11
Ochish/sharhlash
2022-06-29 11:16:21
#abituriyent2022
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Davlat grantini tanlasa – tanlagan barcha taʼlim yoʻnalishlarida dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida;

Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa – oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yoʻnalishida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi boʻyicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va toʻlov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

@Talaba_Tv_Uz – O'zbekiston talabalari sahifasi
694 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-06-28 08:42:07
Rasman. DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Hujjatlarni 2 xil usul bilan topshirish mumkin:

1) Davlat test markazining http://my.dtm.uz sayti orqali;

2) my.gov.uz sayti orqali;

Ro‘yxatdan o‘tishda kerak bo‘ladigan hujjatlar:

pasport;
diplom yo attestat;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;
bitiruv attestati yo diplom;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

Barchaga yuboring
@Talaba_Tv_UZ
713 views05:42
Ochish/sharhlash
2022-06-27 08:36:17
Bugun 27-iyun O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanmoqda.

Shu munosabati bilan sizlarni
Guliston Davlat Universiteti jamoasi barcha Jurnalistlar va blogerlarga sihat-salomatlik, yutuq va omadlar, oilaviy totuvlik, faoliyatingiz davomida har qanday to'siqlarn qiyinchiliksiz yengib o'z maqsadingiz sari olg'a borishingizga tilakdoshmiz.

Hamisha ijodlardan xalq xizmatidan tolmasdan xizmat qiling!

Bayram hammamizga muborak bo'lsin!
@Talaba_Tv_Uz
721 viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-06-26 15:37:39
Men o'z taklifimni bildirdim. Sizchi?

Taklifni ko'rish: https://meningkonstitutsiyam.uz/proposal/madaniy-merosimizni-asrash-boyicha

Sizning bugungi taklifingiz ertangizni belgilab beradi!

Sayt: http://www.meningkonstitutsiyam.uz
Telegram bot: @meningkonstitutsiyam_bot
e-pochta: taklif@meningkonstitutsiyam.uz ёки taklif@2022.uz
Manzil: Ўзбекистон, 100035, Тошкент, Чилонзор тумани, Бунёдкор шох кўчаси, 1
Qisqa raqam: 1341

Каналга уланиш :
@Talaba_Tv_Uz
574 views12:37
Ochish/sharhlash
2022-06-26 15:35:30 #Abituriyentlaruchunfoydali

OTM 2021 - yilgi o'tish ballari!

Каналга уланиш :
@Talaba_Tv_Uz
552 views12:35
Ochish/sharhlash
2022-06-25 13:53:19
#АФИША_ЯКШАНБА
#Гастроль
Тошкент шаҳар, "Дийдор" театр-студияси Гулистонда
"АРШИН МАЛ АЛАН"
МУСИҚАЛИ КОМЕДИЯ
26 ИЮНЬ, соат 11:00 да
Кундузги намойиш
Ролларда: Адиз Ражабов, Ўлмас Ўраев, Хуршида Арабшаева, Назокат Нарзиева, Севинч Далабаева ва бошқа таниқли ижодкорлар
+998972751441
Чипта нархи 10 000 сўм
Яқинларингизга ҳам юбориб, театрга таклиф этинг!

@Talaba_Tv_Uz
605 views10:53
Ochish/sharhlash
2022-06-24 07:15:51
​#Qabul_2022

IELTS sertifikati seriyasi va raqami qaysi ekanini bilasizmi?

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Bunda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari lozim.

Hozirda ayrim abituriyentlar tomonidan IELTS sertifikati ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga nima kiritiladi degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.

IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talaba_Tv_Uz
743 views04:15
Ochish/sharhlash