Get Mystery Box with random crypto!

Rasman. DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo‘nalishlarni tanlash | Talaba yoshlar(rasmiy)

Rasman. DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Hujjatlarni 2 xil usul bilan topshirish mumkin:

1) Davlat test markazining http://my.dtm.uz sayti orqali;

2) my.gov.uz sayti orqali;

Ro‘yxatdan o‘tishda kerak bo‘ladigan hujjatlar:

pasport;
diplom yo attestat;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;
bitiruv attestati yo diplom;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

Barchaga yuboring
@Talaba_Tv_UZ