Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev “Zakovat”ning jurnalist va blogerlar o‘rtas | Talaba yoshlar(rasmiy)

Shavkat Mirziyoyev “Zakovat”ning jurnalist va blogerlar o‘rtasidagi turnir finalini ko‘rganini aytdi

Prezident yoshlar kuni munosabati bilan nutqi davomida “Zakovat” klubi vakillari bilan gaplashgani haqida so‘zlab berdi.

“Mana men bugun zakovatchilar bilan ham gaplashdim. Yangi rejalar haqida gaplashib oldik. Birinchi tashabbusni Xorazmdan boshlaydigan bo‘ldik, ertaga Xorazm viloyati hokimi kerakli topshiriqlarni oladi.

Zakovatning OAV o‘rtasida o‘tkazilgan finalini ko‘rib, o‘zim ham xursand bo‘ldim. Tasavvur qilinglar, u yerda berilayotgan bitta savolni topish uchun qancha kitob o‘qigan bo‘lish kerak.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari endi har bir ko‘cha kesimida kitobxonlik, “Zakovat” va boshqa intellektual
o‘yinlarni yo‘lga qo‘yadi.

Bunday tanlovlar har haftada – mahalla kesimida, har oyda – tuman miqyosida va har chorakda viloyat darajasida o‘tkazib borilishi kerak. Bu orqali 2 millionga yaqin yoshlar qamrab olinadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

@Talaba_Tv_Uz