Get Mystery Box with random crypto!

PREZIDENT TOMONIDAN E‘LON QILINGAN MUHIM YANGILIKLAR: Bund | Talaba yoshlar(rasmiy)

PREZIDENT TOMONIDAN E‘LON QILINGAN MUHIM YANGILIKLAR:

Bundan buyon xususiy ta'lim muassasalarida IT-texnologiya bo'yicha o'qish istagi bildirgan yoshlarga ham 20 mln so'mgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi.
2022-2023 o'quv yilida Maqom xonandaligi, maqom cholg'u ijrochiligi va baxshichilik yo'nalishiga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma pullari to'liq davlat tomonidan to'lab beriladi.
Fortepiano ijrochilar tayyorlash bo'yicha qabulning 3 barobarga ko'paytirib, bu yo'nalishda ham kontrakt to'liq davlat tomonidan qoplab beriladi.
Endilikda maktab o'quvchilari (14-17 yosh) ham Yoshlar daftarida ko'zda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar. Imtiyozlar turi 11 tadan 25 taga ko'paytiriladi.
Maktab o'quvchilarini axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganishga majbur qilamiz. Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport san'at madaniyat yo'nalishidagi to'garaklar uchun har bir yoshga 300.000 so'mdan to'lanadi.
Ayollar va Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning hamma farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o'quv qurollari sotib olishlari harajatlari davlat zimmasidan olib beriladi.
Endilikda texnikumlarga qabul yiliga 1 marotaba emas 2 marotaba tashkil etiladi. Talabalar uchun "DAVLAT GRANDI" sonini 2 barobarga oshiramiz deydi — Sh.Mirziyoyev

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talaba_Tv_Uz