Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur bekati️ ️️️️

Telegram kanalining logotibi tafakkur_bekati — Tafakkur bekati️ ️️️️ T
Telegram kanalining logotibi tafakkur_bekati — Tafakkur bekati️ ️️️️
Kanal manzili: @tafakkur_bekati
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 128

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 36

2022-07-13 08:51:19 •┈•┈•❁@tafakkur_bekati❁•┈•┈•
ДУНЁ ҒАМ ЧЕКИШГА АРЗИМАС

«Эй Одам фарзанди! Ким дунё сабабли хафалик билан тонг орттирса, Аллоҳдан фақат узоқлашибди. Унга дунёда қийинчилик, охиратда фақат машаққат бўлади. Аллоҳ таоло у кишининг қалбига ҳеч қачон тугамайдиган ғам солиб қўяди. Шундай машғулотга банд қиладики, ундан асло бўшай олмайди. Камбағаллик бериб қўядики, ҳеч бойликка етиша олмайди. Орзулар бериб қўядики, доимо ўша орзулар билан банд бўлиб қолади.
58 views05:51
Ochish/sharhlash
2022-07-12 21:04:32 •┈•┈•❁@tafakkur_bekati❁•┈•┈•
#Motivatsiya)

Hech senga kimdir "Sen baxtli bo'lishga loyiqsan!" deganmi?
Agar aytishmagan bo'lsa, men aytaman. Baxtli bo'lasan.
Bir kun albatta baxtli bo'lasan.
Nega deysanmi?
Chunki...
"La tahzan, innalloha ma'ana!"
Mahzun bo'lma, Alloh biz bilan. (Tavba, 40)
59 viewsedited  18:04
Ochish/sharhlash
2022-07-12 20:56:03 •┈•┈•❁@tafakkur_bekati❁•┈•

Бу дуони ўқиб юрган саҳобани ғамлари кўтарилди, қарзлари узилди

АЛЛОҲУММА ИННИ АЪУЗУБИКА МИНАЛ ҲАММИ ВАЛ ҲАЗАН ВА АЪУЗУБИКА МИНАЛ АЪЖЗИ ВАЛ КАСАЛ ВА АЪУЗУБИКА МИНАЛ ЖУБНИ ВАЛ БУҲЛ ВА АЪУЗИБИКА МИН ҒОЛАБАТИД ДАЙНИ ВА ҚОҲРИР РИЖАЛ.
50 viewsedited  17:56
Ochish/sharhlash
2022-07-12 06:34:08 •┈•┈•❁@tafakkur_bekati❁•┈•┈•

Rosulolloh (ﷺ) haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

1. Rosulolloh (ﷺ) Odam alayhissalom hali ruh va jasad orasida turganlarida u zot (ﷺ) nabiy edilar.

2. Rosulolloh (ﷺ)ning Odam alayhissalomgacha bo‘lgan nasablaridagi kishilarga biror fahsh ish yetmagan.


3. Rosulolloh (ﷺ) Ahmad (Allohga eng ko‘p hamd aytuvchi) deb nomlandilar. U zotdan oldin biror kishi bunday nom bilan nomlanmagan.

4. Rosulolloh (ﷺ) kechasi och qorinda uxlab, tongda qorinlari to‘q holda uyg‘onardilar. Alloh u zotni taomlantirib qo‘yar edi.


5. Rosulolloh (ﷺ) old tomonni qanday ko‘rsalar, orqa tomonni ham huddi shunday ko‘rardilar.

6. Rosulolloh (ﷺ) kunduzi qanday ko‘rsalar, qorong‘u kechani ham huddi shunday ko‘rardilar.

7. Rosulolloh (ﷺ)ning tupuklari sho‘r suvni ham chuchuk qilar edi.


8. Rosulolloh (ﷺ) dushmanlarning qalbiga bir oylik masofadan qo‘rquv solardilar.

9. Rosulolloh (ﷺ) biror marta ham esnamaganlar.


10. Rosulolloh (ﷺ) va boshqa payg‘ambarlar hech qachon ehtilom bo‘lishmagan.

11. Rosulolloh (ﷺ)ning terlari mushkdan ham hushbo‘y bo‘lgan.


12. Rosulolloh (ﷺ)ning soyalari bo‘lmagan. U zot tamomila nur bo‘lganlar.

13. Rosulolloh (ﷺ)ning kiyimlariga biror marta ham pashsha qo‘nmagan.


14. Rosulolloh (ﷺ)ni biror marta burga va hasharot chaqib, aziyat bermagan.

15. Rosulolloh (ﷺ) mingan ulov biror marta tezak tashlamagan, bavl qilmagan.


16. Rosulolloh (ﷺ) dunyoga kelganlarida kohinlar osmondan xabar ololmay qolishgan.

17. Rosulolloh (ﷺ) Me’roj kechasi barcha payg‘ambarlar va farishtalarga imom bo‘lib namoz o‘qiganlar.


18. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlariga butun yer yuzi masjid qilib berilgan.

19. Rosulolloh (ﷺ) boshqa payg‘ambarlar davrida kelganlarida, boshqa payg‘ambarlar u zotga ummat bo‘lar edilar.


20. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlariga u zotni ismlari bilan chaqirish harom qilingan (Nur-63).

21. Rosulolloh (ﷺ)ning sahobalariga u zotning ovozlaridan baland ovozda gapirish harom qilingan (Hujurot 2).

22. Rosulolloh (ﷺ)ning huzurlariga farishta Isrofil alayhissalom tushganlar. Bu farishta u zotdan oldin hech qaysi payg‘ambarga tushmagan edilar.

23. Rosulolloh (ﷺ)ning oldingi va keyingi gunohlari kechirilgandir (Fath 1-2).


24. Vafot etkan bandadan qabrda Rosulolloh (ﷺ) haqida so‘raladi, boshqa payg‘ambarlar haqida so‘ralmaydi.

25. Rosulolloh (ﷺ)ni tushida ko‘rgan, haqiqatdan ham ko‘rgan bo‘ladi. Chunki shayton u zotning su’ratiga kira olmaydi.

26. Rosulolloh (ﷺ) bir kishini chaqirsalar, o‘sha inson namoz o‘qiyotgan bo‘lsa ham, u zotga javob berishi vojib bo‘lgan.

27. Rosulolloh (ﷺ) vafot etkanlarida sahobalar imomsiz guruh-guruh bo‘lib janoza o‘qiganlar. Va bu namozlarda Janozadagi mashhur duo o‘qilmagan.


28. Rosulolloh (ﷺ)ning muborak badanlari chirimaydi.

29. Rosulolloh (ﷺ)ning qabrlariga bir farishta muvakkal qilinib, u zotga salovot aytganlarning salovotlarini yetkazib turadi.


30. Rosulolloh (ﷺ)ning qabrlari Qiyomatda birinchi ochiladi. Oxiratda u zot yetmish ming farishtaning qurshovida bo‘ladilar.

31. Rosulolloh (ﷺ) Sirotdan birinchi bo‘lib o‘tadilar.


32. Rosulolloh (ﷺ) Mahsharga Buroq degan otga mingan hollarida keladilar.

33. Rosulolloh (ﷺ) Mahshar kuni Arshning o‘ng tomonida shunday maqomda turadilarki, u zotdan boshqa hech kim u yerda turmaydi.

34. Rosulolloh (ﷺ) Jannatga birinchi bo‘lib kiradilar.

35. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlari qiyomat kuni birinchi so‘roq qilinadi.
26 viewsedited  03:34
Ochish/sharhlash
2022-07-11 20:46:49 Assalomu alaykum, Kanal faoliyatini davom ettirish uchun Admin(ka) kerak.

Biz bilan bogʻlanish: @x_zked
19 views17:46
Ochish/sharhlash
2022-07-11 20:41:17 •┈•┈•❁@tafakkur_bekati❁•┈•┈•

Саждага бош қўйиб ўлсам

Ё Раб дея саҳар турсам ,
Каъба тараф юзим бурсам
Аллоҳ, Аллоҳ дея йиғлаб
Саждага бош қўйиб ўлсам

Дунё савдо ўнгу сўлим,
Дилим Ёрда, корда қўлим,
Пешин вақти сўнги йўлим..
Саждага бош қўйиб ўлсам

Асрда айтиб саловатлар
Умрим ўтсин Саодатда,
Жуфтим билан Садоқатда
Саждага бош қойиб ўлсам

Истиғфорлар айта-айта,
Тавба қилиб қайта-қайта,
„Мулк“ни ўқиб Таҳажжудда
Саждага бош қўйиб ўлсам

Ҳуфтонга чорлагач азон,
Мен югурай СЕН томон,
Ёлвораман Ё РОБ РАҲМОН
Саждага бош қўйиб ўлсам

Қамариддин домла Қамбаров
Янгийул тумани бош имом-хатиби
20 views17:41
Ochish/sharhlash
2022-07-10 23:55:50 Qurbon hayitini Uchinchi kuni Muborak boʻlsin Dindoshlarim
8 views20:55
Ochish/sharhlash
2022-07-10 23:55:01 Allohning to’rt va’dasi

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ
Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman», dedi. [40-60]

فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ
Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. [2-152]

لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ
«Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman.» [14-7]

وَمَا كَانَ اللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ
Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas. [8-33]

Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas. [13-31]
8 views20:55
Ochish/sharhlash
2022-07-10 07:26:07 Qurbon Hayitni ikkinchi kuni muborak boʻlsin Dindoshlarim
32 views04:26
Ochish/sharhlash
2022-07-09 04:12:02
ҚУРБОН ҲАЙИТИ МУБОРАК БЎЛСИН!

Ширин ҳаётингиз маънога тўлсин!
Истаган ниятингиз ижобат бўлсин!
Чеҳрангиз сўнмасин, ҳамиша кулсин,
«ҲАЙИТ» айёмингиз муборак бўлсин!

Мен учун энг яқин бўлган инсоним, «ҚУРБОН ҲАЙИТ» айёмингиз муборак бўлсин!

АЛЛОҲИМ, ҳайит кунида, бизларни, ота-оналаримизни, биз яхши кўрган кишиларни гуноҳларини авф этилганларингдан, улардан рози бўлганларингдан, гуноҳларини кечирганларингдан, Дўзахга ҳаром қилганларингдан, Жаннатий деб ёзганларингдан қилгин! АМИЙН!
25 viewsedited  01:12
Ochish/sharhlash