Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli isteʼmolchilar! O‘zbekistonda havo haroratining kesk | Surxondaryo yangiliklari

Hurmatli isteʼmolchilar!

O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yog‘ingarchiliklar sababli, aholi xonadonlarida tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda. Bugun iste’molchilarning aksariyati hamon qo‘lbola va nostandart isitish moslamalaridan foydalanishmoqda. Shuni yodda tutish kerakki, is gazidan zaharlanish, yong‘inlar, gaz-havo aralashmasidan hosil bo‘luvchi chaqnashlar va boshqa shunga o‘xshash hodisalar bilan bog‘liq favqulodda holatlar aksariyat hollarda qo‘lbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyasiya) va dudbo‘ronlarning nosozligi tufayli sodir bo‘lmoqda.

BATAFSIL

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot ximzati