Get Mystery Box with random crypto!

Ravshan Ermatov : 'Hali ko‘p mamlakatlarda yo‘q VAR tizimini t | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

Ravshan Ermatov : "Hali ko‘p mamlakatlarda yo‘q VAR tizimini tadbiq qildik. Nima uchun? Adolatni joyiga qo‘yish, hakamlarni xatolardan himoya qilish uchun joriy qildik.

Avvalgi zamonlarda bo‘lgani kabi bittada ko‘rish qiyin, ulgurmasligi mumkin. Hozir VAR bor, shu bilan xato qilsak odamlar nima deydi? Odamlarni ishonchini oqlaymiz, deb harakat qilyapmiz. Futbolni sifatini oshirish uchun, odamlarni stadionlarga qaytarish uchun amalga oshirmoqdamiz. Hakamlik sifati futbol sifatidan pas bo‘lmasligi kerak. Muxlislar kelib futboldan, hakamlar, murabbiydan rozi bo‘lib sotib olgan chiptasiga minnatdor bo‘lib ketishi kerak. Asosiy maqsadimiz ham shu. Bir paytlar bo‘lgani kabi.

Yoshlar, xalqaro musobaqalarni qabul qildik, muxlislar qaytmoqda. Lekin hakamning bitta qarori bir pulga chiqarishi hech gapmas. VAR arzon narsa emas, uning puliga qancha maydon qursak ham bo‘lardi. Lekin hakamlarga yordamchi bo‘lsin, xatosini to‘g‘irlasin deyapmiz",- deydi Ravshan Ermatov. 


@Live_Superliga