Get Mystery Box with random crypto!

Legionerlarimiz. Bugun Yo‘ldoshev va Erkinov jamoasi o‘ynaydi | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

Legionerlarimiz. Bugun Yo‘ldoshev va Erkinov jamoasi o‘ynaydi

Bugun Rossiya Premer-ligasining 25-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" "Gazovik" arenada "Orenburg" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 16:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, "Nijniy" ayni damda 22 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinda bormoqda.

RPLning bu turida Hojimat Erkinov jamoasi "Torpedo" "Sochi" mehmoni bo‘ladi. Bahs 18:30 da boshlanadi.

"Torpedo" hozirda 13 ochko  bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onani egallab turibdibdi.

@Live_Superliga