Get Mystery Box with random crypto!

Izhor | Quvonch Bek

Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek I
Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek
Kanal manzili: @sukunatdan_keyin
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

She'rlar, iqtiboslar, hikoyalar va shaxsiy qarashlar...

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-01-08 08:56:25
10yillik qadrdon do'stim, yumor she'rlarning ustasi, shoir Faxriyor Baxtiyorovdan samimiy atalgan she'r!

DO'ST

Do'stlikka samimiy insonlar haqdir..
Tashvishlar azoblar shundayin derdi..
Yillar va yo'llarni berganda taqdir..
Mashaqqat o'lchami kenggayaverdi..

O'ylasang o'yingga sig'mas bu tuyg'u..
Sarhadning bu hisga sig'maskan haddi..
Birga  kulganlari esdan chiqdiyu..
Birga yig'laganlar esdan chiqmadi..

Hislarni qalbingga chuqurroq tortda..
Hammasi fosh bo'lgan davrlar keldi..
Do'stim yig'lanilgan davrlar ortda..
Bizga kulib yashash yarashar endi..

Birga kirajakmiz yerning qariga..
Baxt bilan baxtsizlik ichida o'sdik..
Hayotning eng zarhal varaqlariga..
Bizning qo'llar bilan yozilar "DO'STLIK"

Faxriyor Baxtiyorov

@sukunatdan_keyin

@faxriyor_ijod
98 viewsedited  05:56
Ochish/sharhlash
2023-01-07 19:05:17  * * *

Севгимиз ўлдими? — либосингиз кўк,
Кўнглингиз — бегулхан, кўзингиз — бечўғ.
Биздан бориш йўқдир, сиздан — келиш йўқ
Келишсиз дунёда беғам, азизим,
Нега кўзларингиз бенам, азизим.

Ўт етди — қақшатди банд-бандларимни,
Тупроққа сочдингиз баландларимни,
Ақлимни, дилимни — бебахтларимни —
Боришсиз дунёга отган, азизим,
Олисда ой каби ботган, азизим.

Чунки тунга айтар рост "оҳ"ингиз йўқ,
Фалакда кезгани шаън роҳингиз йўқ,
Нечун келмайсиз, гар гуноҳингиз йўқ -
Боқаман: нигоҳим — гумон, азизим,
Йўлларинг тумандир, туман, азизим.

Қаранг, минг бир баргда кузак учадир,
Қизил-сариғида — юрак учадир,
Сўнгаклар учадир, суяк учадир -
Бу тўфон — хазонлиғ менман, азизим,
Сизсиз минг кузакка тенгман, азизим.

Аммо сиз сарғайманг — гулли боғ бўлинг,
Ям-яшил кўкаринг, мудом соғ бўлинг,
Баҳорнинг бағрида беадоғ бўлинг —
Ахир, қарғаганим сизмас, азизим,
Икки куз дунёга сиғмас, азизим...

Усмон Азим

@sukunatdan_keyin
114 views16:05
Ochish/sharhlash
2023-01-07 14:53:59
#kun_haqida

Bugun litseyda birga o'qigan kursdoshlar bilan ko'rishdik.

"O'tkan kunlar"ni ancha kulgi bilan eslashdik. Vaqt tez o'tayotgani yaqqol bilindi. Qizlarimiz ko'pchiligi oilali bo'libdi. Lekin yigitlar hali hammasi bo'ydoq.

Xullas, quyosh chiqqan kunda oy ham chiqmay qolmaydi.

Kunning xulosasi shu bo'ldiki, qizlar doimgidek oldinda

@sukunatdan_keyin
111 views11:53
Ochish/sharhlash
2023-01-06 21:28:51
***

"Бугун кўришайлик, йўқ демасангиз",
Қиз гўшакни қўйди бошқа сўз демай.
Йигит хурсанд,
Ўйлар... соғинганда қиз,
Дунё туюларди унга бугундай...

Қизнинг юзи сўлғин, кўзда ишқ сўлган,
(гўё бегонадай боқар жим нигоҳ).
Йигитнинг кўзида минг сўз кўмилган,
Кўксини ғажийди суллоҳ иштибоҳ.

"Тақдир экан..." деди
қиз (ростакамга),
Юзида ҳеч қандай ифодаларсиз.
Йигит саволлар~ла қилганда ҳамла,
"Тақдири" қўнғироқ қилар тинимсиз.

Йигит қайта-қайта айтар оҳиста:
"Тақдири бўлмаган бахтим қанисиз?!".

Қувонч Бек
06.01.2023

@sukunatdan_keyin
154 viewsedited  18:28
Ochish/sharhlash
2023-01-06 14:55:25 #kun_hikmati

Qoqilmagan eshik hargiz ochilmas.

Mubashshir Ahmad

@sukunatdan_keyin
122 views11:55
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:36:03 Yana bir go'zal ijro

Quvonch Bek
Husnor Abdiyeva

@sukunatdan_keyin
124 views05:36
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:50:34
Xullas, bollar boshga tushganni ko'z ko'radi.

P.s. Mart ham kelishi bor, dadil bo'lamiz

@sukunatdan_keyin
157 views14:50
Ochish/sharhlash
2023-01-05 13:29:29
“Мени ҳали эслаб юрасиз”, —
деди бир аёл.
“Йўқ, — деди у. — Сизни
эслайдиганлар жуда кўп.
Мен эса, ҳеч кими йўқ
бир аёлни эслайман,
Худо хохласа;
ҳеч кими йўқ
бир аёлни соғинаман,
Худо хоҳласа”.
Ташқарида —
хазон ёғар.
“Қайси йилнинг хазони?
Бу суҳбат
қаердан келди?
Нега бунча ғуссали? Нега
бирдан соғинч ўртади жонимни?
Ҳеч кими қолмадимикан у аёлнинг?
Бир ўзи юрганмикан дунёда тентираб?
Излаб борсаммикан?..”
Ташқарида —
Хазон. Шамол.
Куз ёмғири.
Нималарни
хоҳлаяпти
Парвардигор?
Йўл эса,
унча олис эмас:
ўттиз беш кузакдан
ўтилса,
бўлди.

Усмон Азим

@sukunatdan_keyin
132 views10:29
Ochish/sharhlash
2023-01-05 10:22:52 #tahlil

Tushkunlikka tushishning eng oson yo’llari.

— Yangiliklarni doimo kuzatib borish. Iloji bo’lsa har kuni.

— Hayoti o’zinikidan yaxshiroq bo’lganlarga obuna bo’lish. O’zi umuman odamlarni fikrlari uchun emas, yashash tarzi uchun kuzatish.

— Kontent yaratish emas, kontent ko’rish bilan vaqt o’tkazish. Kontent olayotganlarni esa tanqid  qilib turish.

— O’zi hal qila olmaydigan, harakat ham qilmaydigan muammolar haqida o’ylash, suhbatlashish, gapirib yurish.

— Odamlar nima derkin deb o’ylayverish.

— Hozirgi ishini yaxshilab qilishni o’rniga, yana yangi ish qilib ko’rish haqida o’ylash.

Shu ishlarni qilish aniq siqilishga olib boradi.

@dearnurik
@sukunatdan_keyin
118 views07:22
Ochish/sharhlash
2023-01-04 13:23:07 #daholar_bisotidan

Bozorda bir kulol ko'rsatib hunar,
Bir bo'lak loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.

Umar Hayyom

@sukunatdan_keyin
125 views10:23
Ochish/sharhlash