Get Mystery Box with random crypto!

Izhor | Quvonch Bek

Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek I
Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek
Kanal manzili: @sukunatdan_keyin
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

She'rlar, iqtiboslar, hikoyalar va shaxsiy qarashlar...

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-01 17:54:30 Mening do'stim, sevib qolsang men bilan dardlasharding

Yaqin do'stingizga yuboring qo'ying!

@sukunatdan_keyin
97 views14:54
Ochish/sharhlash
2023-02-01 14:56:11
#янги

АЁЛ!

Қиёс этмакка ҳам сўзлар бемажол,
Бежирим ташбеҳлар тортар ҳижолат.
Кўкнинг пештоқидан мўралайди ой,
Нафис оромингдан завқ олар ғоят.

Мунаввар оламнинг дури, гавҳари,
Иффат туғилгандир қарашларингда.
Нигоҳингда ёнган олов синггари,
Юрак оловланар ҳар дам қаршингда.

Нафис туйғуларнинг ибтидосисан,
Ҳаётни уйғотиб юборган хилқат.
Оташин ҳисларнинг имтиҳонисан,
Вужуддан яралган энг гўзал неъмат.

Оламнинг безаги, шубҳасиз, сенсан,
Мени маъзур тутинг, эй даҳри маво.
Дунёни қўлига олган куч ҳамки,
Гўзаллигинг қаршида ожиздир, АЁЛ!

Қувонч Бек

@sukunatdan_keyin
97 views11:56
Ochish/sharhlash
2023-02-01 08:26:11
#sessiyadalik

Yuqori kurs talabalari sessiya oldi 1-kurs talabalariga motivatsiya berganda

@sukunatdan_keyin
124 views05:26
Ochish/sharhlash
2023-02-01 05:44:30
#xayrli_tong

Tulkini olmangiz "Qizil kitob"ga,
Kim u sanog'ini tashvish-la bitgan.
Ularni qaytadan oling hisobga,
Ko'pi odamlarga aylanib ketgan.

Noma'lum muallif

@sukunatdan_keyin
98 views02:44
Ochish/sharhlash
2023-01-31 20:25:21
Musofirdagi odamga sog'inch hissi juda tanish. Ayniqsa, o'zing uchun ham ota, ham ona bo'lganingda...

@sukunatdan_keyin
29 views17:25
Ochish/sharhlash
2023-01-31 10:33:23 ***

Sen borsan. Men uchun shuning o'zi bas.
Kaftimda turibdi yuragim, mana —
qay tarafga boqmay yana va yana
faqat sen tomonni ko'rsatar kompas.

Ikrom Iskandar
67 views07:33
Ochish/sharhlash
2023-01-31 07:50:07 #hayotiy

Bir Italyan kafesining devorida shunday soʻzlar yozilgan ekan:

Sening mashinang nemislarniki, televizoring yaponlarniki, ishlatadigan puling amerikanlarniki, sen intiladigan demokratiyang qadimgi yunonlarniki, ichadigan kofeying braziliyaliklarniki, dam olish uchun boradigan sohiling turklarniki, sanaydigan sonlaring arablarniki, yozuving ruslarniki,o egningdagi kiyim xitoyliklarniki.

Shunday ekan nima uchun qoʻshning sen tugʻilgan joydan boʻlmaganiga dashnom qilasan?!

@sukunatdan_keyin
73 views04:50
Ochish/sharhlash
2023-01-31 05:53:39
Admin, idealing qanday?

@sukunatdan_keyin
74 views02:53
Ochish/sharhlash
2023-01-30 20:56:58 #joiz_4

Yilning navbatdagi asarini yakunladim. Jek London "Martin Iden".

E'TIQOD — SHARQDA, AMAL — G'ARBDA

Asarni o'qib bo'lishim bilan yarim soat bitta nuqtaga tikilib hech narsa miyamga kelmay faqat yotdim. Asar o'ziga bog'lab qo'ygandi, chunki. Nahotki, yakuni tragediya bilan tugasa...

Oddiy matros yigit Martin va burjuaziya qurboni Ruf ismli qiz haqida voqealar gavdalantiriladi.

Asar personajlari haqida tasnifni, oldin asardan olgan umumiy xulosalarni, fikrlarni bayon qilganimdan keyin, ehtimol, yangi post bilan ulasharman qarshi bo'lmasangiz. Chunki, hozir personajlarga ta'rif beradigan bo'lsam, taqrizning hajmi cho'chitib yuborishi mumkin.

DAVOM ETAYOTGAN HAYOTNING ZANJIRI NIMADA?

INSONLARGA QAY VAQTDA MUHIM EKANLIGINGIZNI BILASIZMI?

NIMADAN NAFRATLANASIZ?

O'ZINGIZDAN NIMA XOHLAYSIZ?

ODAMLARGA QANCHALIK DARAJADA ISHONASIZ?

Asarni yakunlagandan keyin bu kabi o'zingizni qiynaydigan minglab savollar tug'ilishi tabiiy.

Asarda burjua qatlami bilan sotsialist, realistlar qarashlari to'qnashgan. Tabiiyki, har davrda realistlar ko'pchilikka yoqmay kelgan.

To'g'risi, asar mutolaasidan keyin odamlarning xarakterini, sizga ko'rsatayotgan munosabatini tushuna boshlaysiz. Qolaversa, yuqoridagi savollarga ham javob topasiz.

Asarda eng yomoni sevgi ham kun kelib "boylik" deb atalmish manfaat ustiga qurilishini o'qib biroz hamiyatingiz bilan o'ynashganday bo'ladi.

Martin haqiqiy realist. Qahramon timsolida yozuvchi har doim biz xohlagan narsaga erishish yaxshilik bilan tugamasligini ifoda etgan. O'zi xohlagan mashhurlik, boylik uning halovatini olib qo'ydi. Ruhiy kasal holatiga hamda yuragi tosh bo'lishiga sabab bo'ldi. Nihoyat, o'zi istagan halovatga, o'limga, o'zini mahkum etdi.

Ruf zamonning qo'rqoq insonlari hamda o'zida shaxsiy qarash bo'lmagan, daholar nima degan bo'lsa shu qarashdan boshqa qarashni tan olmaydigan "qoliplashgan" odamizot vakillarining chizgilarini o'zida aks ettirgan.

Ehtimol, asarni tugallagandan so'ng sizdagi qarashlar o'zgarar. Realist kayfiyatda asarning ta'siri tugaguncha yasharsiz, balki.

Komil ishonch bilan ayta olamanki, asar sizga shu qadar ishonch bag'ishlaydiki, hech qachon yaxshi yashashga kech bo'lmasligini Londonning mohir qalam kuchi orqali anglab olasiz.

Keling, asarning g'arblashgan sahnalaridan sharqlashgan xulosa yasaymiz: "Haq yo'li, albatta, bir o'tilg'usi" (Cho'lpon)

P.s. Qiynalish kerak, ko'p qiynalish kerak. Chunki, chiroqni ishqalasa, jin chiqadigan zamonda yashamayapmiz.

@sukunatdan_keyin
73 views17:56
Ochish/sharhlash
2023-01-30 08:11:15 #hayotiy

Bolalikdagi eng shirin xotiralardan biri: kechqurun uyning qayerida uxlab qolishingdan qat'iy nazar o'zingning joyingda uyg'onishdir.

@sukunatdan_keyin
79 views05:11
Ochish/sharhlash