Get Mystery Box with random crypto!

'Samarkand Marathon' jahon chempionatining saralash yugurish t | Saida Mirziyoyeva

"Samarkand Marathon" jahon chempionatining saralash yugurish tadbiriga aylandi

"AbbottWMM Wanda Age Group World Championship"ning bu yilgi saralash bosqichlaridan dunyodagi eng yaxshi 300 ta yugurish poygalari va oltita eng yirik marafon joy olgan. Endi ular qatorida "Samarkand Marathon" ham mavjud.

Bu nimani anglatadi?
40 yoshdan oshgan yuguruvchilarimiz butun dunyo bo‘ylab saralashdagi yugurish poygalarida ishtirok etib, ochko to‘plashlari mumkin bo‘ladi;
Ishtirokchilar "Abbott World Marathon Majors" global reytingining yosh bo‘yicha guruhlariga kiritiladi*;
Eng yaxshi natijalarni qayd etgan yuguruvchilar Londonda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tadigan Marafon bo‘yicha jahon chempionatida yosh toifalari guruhlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

*Abbott World Marathon Majors — bu dunyodagi eng katta va mashhur 6 ta marafonlar seriyasi jamlanmasidir. Uning tarkibiga Tokio, Boston, London, Berlin, Chikago va Nyu-York marafonlari kiradi.

Xalqaro e’tirof – biz uchun yangi bosqichga chiqish demakdir! Bu yutuqqa erishishda sizlarning hissangiz benazir. Biz bilan birgaligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!