Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 34

2021-08-02 16:00:15
Krokodillar narxi qancha?

Krokodillar yirtqich bo'lsada, ularning orasidan xavfsiz turlari ham topiladi va ularni olib boqadiganlar ham talaygina. Sababi uning terisini sotib, ancha daromad qilsa bo'ladi. Odatda krokadillar 1,5 metr dan 6 metr gacha o'sishi mumkin va salmog'i hattoki 500 kg gacha yetadi.

Rossiyada krokadillarni xarid qilish uncha muammo tug'dirmaydi. Misol uchun, Caiman nomli krokodillarni katta yoki kichikligiga qarab $112-$700 atrofida xarid qilish mumkin va ularni bemalol hovlida boqsa bo'ladi.

@SoniQancha
2.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-08-02 15:30:13
Playboy jurnalining birinchi nashrida Merilin Monro

O'z vaqtining jinsiy munosabat simvoli deb tan olingan, birinchi modellardan bo'lgan, AQShning sobiq prezidenti Kennedyning sevgilisi bo'lgan Merilin Monro haqida maqola 1953-yili Playboy jurnalining birinchi nashrida chop etildi.

Playboy jurnali — erkaklar uchun atalgan dunyoga mashhur jurnallardan hisoblanadi. Aynan Merilin Monro haqida yozilgan nashridagi u haqidagi maqola varog'i nusxasi narxi hozirda $10 000 ni tashkil etadi. Butun jurnalni nusxasini esa $20 000 dan $40 000 gacha xarid qilishingiz mumkin.

@SoniQancha
2.6K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-02 15:30:13
Sayyoramizdagi ilk trillioner

Hozirda dunyodagi eng boy inson Amazon asoschisi Amerikalik Jeff Bezos bo'lib, uning boyligi $143 mlrd ni tashkil etmoqda. Milliarder uchun pandemiya davri omadli keldi, sababi u koronavirus davrida $24 mlrd pul ishlab oldi.

Mutaxassislarning fikricha, Jeff Bezos 2026-yilgacha hayot bo'lsa, u sayyoramizdagi ilk trillionerga aylanadi.
Undan keyingi pog'onani esa, 6 yildan keyin Xitoylik Syui Tszyan egallashi kutilmoqda.

@SoniQancha
2.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-02 15:00:14
Bir kattakon amaldordan so‘radilar:
– Kechirasiz, vatan uchun uydagi sigiringizni qurbon qila olasizmi?
– Bo‘lmasam-chi, albatta!
– Yaxshi, qo‘yni-chi qurbon qila olasizmi?
– Albatta! Ha, qurbon qilaman!
– Ajoyib, qani endi hamma sizdek tushunsa, fidoyi bo‘lsa. Ayting-chi, echkingizni ham vatan uchun qurbon qila olasizmi?
– Yo‘q!
– Iye, nega?!
...
2.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-08-02 13:22:58
Forsaj 9 filimini @uzbeklovekino kanalimizdan yuklab olsangiz bo'ladi
https://t.me/uzbeklovekino/72
3.1K views10:22
Ochish/sharhlash
2021-08-02 13:00:12
1 haftada $5 mlrd

SpaceX va Tesla asoschisi millarder Ilon Mask oxirgi bir hafta ichida $5,2 mlrd ishlab topdi. Bu degani u 1 haftada 4 ta Tashkent City qurishga yetadigan daromad qildi.

Hozirda dunyoning 22-raqamli millarderining jami boyligi $46,3 mlrd ni tashkil etadi.

@SoniQancha
3.3K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-08-02 10:00:15
Wen pishi — odamdan chiqadigan gazni hidlovchilar

Xitoyda juda antiqa kasb turlari borligi haqida oldin ham aytib o'tgan edik.
Ulardan yana biri "Wen pishi" (odamdan ajralib chiqadigan gazlarni hidlovchilar) kasb egalari. Ularning vazifasi bunday gazlarni hidlab, odamda qanday kasallik bo'rligini aniqlab berish.

Odatda ular o'z faoliyatini shifoxonalarda olib boradi va bemorlarga tashhis qo'yadi. Ularning yillik daromadi o'rtacha $50 000 ni tashkil etadi.

@SoniQancha
3.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-08-02 07:00:11
3 g'ildirakli elektromobil narxi qancha?

Hozirgi texnologiya asrida elektr toki bilan harakatlanuvchi avtomobillarning soni oshib borayotganligi hechkimni hayron qoldirmaydi, hattoki ular orasidan 3 g'ildiraklilarini ham uchratishimiz mumkin. Misol uchun, 2017-yili AQSh ning Ampere Motors kompaniyasi 3 g'ildirakli elektrokar ishlab chiqarish loyihasini boshladi. Bu elektrokar bir martalik zaryad bilan 160 km masofani bosib o'tadi ya'ni ko'proq shahar ichiga moslashgan.

Kompaniya bunday elektrokarlarni 2018-yildan boshlab sotuvga chiqardi va uning narxi $9900 ni tashkil etdi.

@SoniQancha
3.7K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-08-01 19:00:19
Xitoydagi su'niy sharshara

Videoda ko'rib turganingiz Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi 121 metrlik "Liebian International Plaza" osmono'par binosi. Bu binoning 108-metridan pastga qarab su'niy sharshara yaratilgan. Bu sharshara har kuni oqib turadi va har bir soat uchun $112 atrofida xarajat ketadi.

@SoniQancha
4.3K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-08-01 18:30:18
Formula-1 poyga avtomobillarining narxi qancha?

Oldinroq Formula-1 poygachilarchi qancha topishi haqida xabar bergan edik. Daromadga yarasha poyga uchun ancha xarajat ham sarflanadi.

Misol uchun, Formula-1 avtomobilini yig'ish eng kamida $12,2 mln ni tashkil etadi. Bunday musobaqadagi mashhur Ferrari, Mercedes-Benz, Red Bull va McLaren jamoalari bir mavsum uchun avtomobillarga $400 mln atrofida pul sarflaydilar.

Qiziqarlisi poyga avtomobilining bir mavsumdagi ishtiroki uchun $500 ming lik yoqilg'i sarflanadi.

@SoniQancha
4.0K views15:30
Ochish/sharhlash