Get Mystery Box with random crypto!

AQSh kompaniyasi unga hujum qilgan hakerlarga $5 million to‘la | Soni Qancha?

AQSh kompaniyasi unga hujum qilgan hakerlarga $5 million to‘ladi

AQShning Colonial Pipeline kompaniyasi hakerlik hujumidan keyin ishlashdan to‘xtagan kompyuter tarmog‘ini tiklash uchun hakerlarga $5 mlnga yaqin pul to‘ladi.

Hakerlar talab qilgan pul Colonial Pipeline’ga qarashli quvur to‘xtashiga olib kelgan kiberhujum kuni – 7 mayda to‘lab berilgan. Ta'kidlanishicha, so‘ralgan pul kuzatib bo‘lmaydigan kriptovalutada to‘langan. Kompaniya vakili bu borada izoh berishdan bosh tortgan.  

Ma'lum qilinishicha, hakerlar pulni olgach, kompaniyaga kompyuter tarmog‘ini tiklay olishi uchun maxsus vositani bergan. Biroq u sekin ishlagan va shu sababli kompaniya o‘z ishini tiklash uchun boshqa usullarni qo‘llagan. 

@SoniQancha