Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonning oltin zaxiralari ilk marta $35 mlrddan oshdi | Soni Qancha?

O‘zbekistonning oltin zaxiralari ilk marta $35 mlrddan oshdi

2021 yil 1 iyun holatiga, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $35,5 milliardni tashkil etmoqda.

Taqqoslash uchun, 1 may holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari $34,1 milliardni tashkil qilgan.

Zaxiralarning keskin oshishiga jahon bozorida oltin narxining tiklana boshlashi asosiy sabab bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Chunki o‘tgan bir oy davomida oltin hajmi 11,7 million troya unsiyadan 11,3 troya unsiyaga (taxminan 12,44 tonna) kamaygan bo‘lsa-da, uning qiymati $20,7 milliarddan $21,4 milliardga ko‘paygan.

@SoniQancha