Get Mystery Box with random crypto!

Sobir | Live

Telegram kanalining logotibi sobir_live — Sobir | Live S
Telegram kanalining logotibi sobir_live — Sobir | Live
Kanal manzili: @sobir_live
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

Live💡⚡️
Falsafa kutmang!
Bu yerda faqat men va mening hayolimdagi fikrlar.
Yozgim kelsa yozaman, bo'lmasa yo'q)

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-01 17:07:49 Hech narsaga afuslanmang. Barchasi Allohning rejasi bilan ketmoqda.

Allohning rejasi mukammaldir!
14 views14:07
Ochish/sharhlash
2023-02-26 19:46:54 Chiroyli gumon

Insonlar har kuni turli narsalar haqida o'ylashadi, fikrlashadi. Shu vaqtida insonning hayolida bir necha gumonlar ham paydo bo'lishi mumkin.

Misol uchun;


-Bugun shu ishni qilishim kerak, qila olarmikanman?


-Palonchi kishini bunaqa qilayotganini ko'rdim, bu kishiga bunaqa ishlar yarashmaydi, men u kishini bunday kishi deb o'ylamagandim


-Palonchi kishi men haqimda yomon gapiribdi


va hokazo

Ammo bir narsani hech qachon unutmasligimiz kerak ekan. Yomon gumon qilish gunohga ham olib kelishi mumkin. Sababi, shu gumonimiz tufayli biz biror kishiga so'zimiz, harakatimiz yoki qalbimiz bilan ziyon yetkazishimiz mumkin ekan. Biz biror narsani ko'rsak yoki eshitsak, uni o'z dunyoqarashlarimiz orqali tahlil qilamiz, va bu odatda to'g'ri emas ekan. Biz faqat bir tamonini ko'ra olarkanmiz, ikkinchi yoki asl tamonini ko'ra olmasligimiz mumkin ekan.

Biror yomon gumon hayolga keldimi, agar uni oydinlashning imkoni bo'lsa aniqlashtiring. Bu gumoningiz biror kishi haqidami, u kishini o'zidan so'rang. Yomon gumon qilmang.
11 viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2023-02-26 19:41:30 Gumon haqida Alloh taolo ham ko'p Qu'roni karimda ko'p takidlagan, "Man bandamning Men haqimdagi gumonidaman" degan - boshqacha qilib aytganda, biror kishi, Allohni barchasiga qodir ekanini bilsa, va uning duolarini ijobat qilishiga ishonsa, Alloh albatta…
5 views16:41
Ochish/sharhlash
2023-02-25 22:15:42
Tuyalar nafaqat chuchuk, yoki sho'r suvni ichadi, balki o'lik dengizdan ham suv ichisi mumkin va hech narsa sodir bo'lmadi. Uning buyragi shunday yaratilganki, u har qanday suvni filtr kabi tozalab, ichishga yaroqli, toza chuchuk suvga aylantaradi. Tuyalarning yana bir ajoyib hislati, ular tikanlar bilan ham oziqlanadilar. Tuyalarning tufugida kislotaga o'xshash modda bo'liq, u tikanlarni eritadi, va shu bilan oshqozonda hazm qilishga yordam beradi. Bilasizmi, tuyalarda yana 2 ta qovog'i bor. Biri qalin va go'shtli bo'lsa, ikkinchisi yupqa va shaffof bo'lib bu ularga sahrolarda qum zarralaridan himoya qiladi. Tuyalar o'z tana haroratlarini ham boshqara oladilar, issiq havoda so'vutsalar, sovuq havoda tana haroratini isitadilar. Mana shunday yaratilgan tuyalar...

“Ular tuyalar qanday yaratilganini ko‘rmaydilarmi...” (88-sura, 17-oyat).
16 views19:15
Ochish/sharhlash
2023-02-25 06:40:42 Tavakkul nima ekanligini bilasizmi?

Allohim juda ham hohlayapman, ammo hayrli bo'lmasa, bo'lmasin - deya olishdir
6 viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:27:07 Men ijobatning emas, duo qilishning ga'mini chekaman. Agar duo qilishga ilhom berilsa, ijobat ham o'zi bilan keladi.

Umar ibn Xattob roziyallahu anhu
6 views18:27
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:08:17 Har bir inson biror narsadan qo’rqadi, hayotda bir necha insonlarni ko’rdim, o’ziga juda ishongan bo’lsada, baribir biror qo’rqadigan yoki havotirlanadigan narsasi bo’ladi.

Ushbu romanda ham, Saltik Bug’ro boy oilada tug’uladi, otasi shaharda yaxshigina tanilgan va gap so’zi har qayerda o’tadigan bo’lsada, Saltik biror joyga bormasin, otasini ismidan emas, balki o’z ismidan foydalanib o’zini tanishtirardi. “Men Saltik Bo’g’roman” deyishi orqali o’zini g’ururi va kibrini odamlarga ko’rsatardi. Uni tanigan insonlar, undagi lol qoldiradigan harakterni qanday qilib o’zlarida shaklantrishlarini o’ylab qolishardi.

Ammo, nega Saltik hayotda hamisha kurashadigan mard insondan birdan qo’rquv va vahima hayollarida yashaydigan insonga aylanib qoladi, bunga subutsiz Nurini nima aloqasi bor? Saltik o’z holiga qanday qaytarkin? Kitobning nomi nega “Bizga sajda yarashadi”? Atirgulni ushlab turgan qizning romanga qanday aloqasi bor?
Romanni o’qib, nafaqat ushbu savollarga javob topar ekansiz, kibrdan qanday halos bo’lishni, bir kazzob kishini kazzob ekanligini aytmasangiz qanday musibatlar keltirib chiqarishini, biror musibat ortida bir hayr bor ekanligini, har bir narsada nega faqat hayrlisini so’rash kerakligini, taqdirga tan berishni va bag’rikeng bo’lishni o’rganasiz, In Shaa Allah.

Ushbu romanni o’qishdan zavq oling,

Yoqimli mutola!

@sergap_soqov
20 viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:03:31
Kitob: "Bizga sajda yarashadi"
Yozuvchi: Ahmad Gunbay Yildiz
6 views18:03
Ochish/sharhlash
2023-02-19 20:13:53 Juda ham perfektsionistman, manimcha buni oldin ham yozgan, ammo shu narsa meni ko'p zararimga ishlaydi, ko'p narsadan meni ortda qoldiradi, rejalarimni barbod qiladi.

Biror maslat bera olasizmi?

P.S, Javoblaringizni kutib qolaman
9 viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash