Get Mystery Box with random crypto!

Chiroyli gumon Insonlar har kuni turli narsalar haqida o'ylas | Sobir | Live

Chiroyli gumon

Insonlar har kuni turli narsalar haqida o'ylashadi, fikrlashadi. Shu vaqtida insonning hayolida bir necha gumonlar ham paydo bo'lishi mumkin.

Misol uchun;


-Bugun shu ishni qilishim kerak, qila olarmikanman?


-Palonchi kishini bunaqa qilayotganini ko'rdim, bu kishiga bunaqa ishlar yarashmaydi, men u kishini bunday kishi deb o'ylamagandim


-Palonchi kishi men haqimda yomon gapiribdi


va hokazo

Ammo bir narsani hech qachon unutmasligimiz kerak ekan. Yomon gumon qilish gunohga ham olib kelishi mumkin. Sababi, shu gumonimiz tufayli biz biror kishiga so'zimiz, harakatimiz yoki qalbimiz bilan ziyon yetkazishimiz mumkin ekan. Biz biror narsani ko'rsak yoki eshitsak, uni o'z dunyoqarashlarimiz orqali tahlil qilamiz, va bu odatda to'g'ri emas ekan. Biz faqat bir tamonini ko'ra olarkanmiz, ikkinchi yoki asl tamonini ko'ra olmasligimiz mumkin ekan.

Biror yomon gumon hayolga keldimi, agar uni oydinlashning imkoni bo'lsa aniqlashtiring. Bu gumoningiz biror kishi haqidami, u kishini o'zidan so'rang. Yomon gumon qilmang.