Get Mystery Box with random crypto!

Umr Vaqtingni behuda, bekorchi ishlarga sarf qilayapsan. Ammo | Shukurullo Akramov | Text Blog

Umr

Vaqtingni behuda, bekorchi ishlarga sarf qilayapsan. Ammo bunday yashashdan o‘zingni tiya olmayapsan to‘g‘rimi?

Unday emasmi? Demak, to‘g‘ri yashayapsan

Ammo hammasi men aytkandek bo‘lsa, sen isrof qilayapsan. Ha-ha, butun dunyo boyligini bersang ham, qaytib kelmaydigan, har bir soat, har bir daqiqa, kerak bo‘lsa, har bir soniyangni isrof qilayapsan.

Nafsingni mag‘lub qilishga quvvating yetmayaptimi?

Unda o‘zingni quyidagicha tanqid qil! O‘zingga savol ber:
• hoy sen nima qilyapsan?
• qayerdasan?
• kim bilansan?
• vaqtingni qanday o‘tkazayapsan?
• qanday o‘tkazishing kerak o‘zi?
• necha yoshni qoralading?
• ....yil umringni shunday o‘tkazib yuborganing uchun o‘zingdan rozimisan?
• so‘ngi savol hozir qandaysan, boymisan kambag‘almisan, baxtlimisan, baxtsizmisan, qudratlimisan, qudratsizmisan, kim yoki qanday ekaningdan qat'iy nazar, shunday ortingga o‘girilib eshikni ochib o‘tmishingga, hech bo‘lmaganda kechagi kuningga qayta olasanmi? Kecha qilgan xatolaringni to‘g‘irlab qo‘ya olasanmi?

Yo‘qmi? Unda nima uchun bunday qilayapsan? Yoki abadiymisan? Seni qo‘lingga hech qachon o‘lim sharbati quyilgan finjon tutqazilmaydimi?

Bir narsani unutma! Kompyuterga ulanadigan flesh-kartani ichiga qancha va qanday ma'lumot yuklagan bo‘lsang, bir kun maxsus dasturdan foydalanib o‘sha ma'lumotlarni qayta tiklab olib, nimalar qilganingni nimalarni ko‘rganingni bilib olish mumkin.

Ya'ni ushbu xotira kartasi, seni, u orqali qilgan har bir harakatingni, o‘zida saqlab boradi, o‘chirib yuborsang ham. Va bir kun u qayta tiklansa, sen qanday inson ekaningni so‘zlab beradi.

Miyyang ham shundaydir, u sen haqingda kitob yozib borayapti. Bir kun shu kitob o‘zingga o‘qittiriladi, hammaga eshittirib, ifodali qilib o‘qiysan. Ishonaver!

O‘sha kun uyalib, daxshatga tushib qolmasligingga aniq ishonasanmi?



<§>



Bilasanmi? Umr-bu yo‘l! Arqon kabi uning ham ikki uchi bor. Lekin o‘sha ikki uchi ham bir joyga, ya'ni boqiy olamga ulangan.

Sen shu yo‘lning qayeridadir turibsan. Oyoqlaring ostida qandaydir supacha, u seni oldinga beixtiyor harakatlantirib boradi.

Qarshingdagi yo‘lni oxiri ko‘rinmaydi. Shu sababli sen o‘lim haqida o‘ylamaysan. Ammo, shu bilan birga ortga o‘girilmaysan ham.

Ehtimol hozir qarayotgandirsan. Agar shunday bo‘lsa, orqangda seni bir eshik ta'qib qilayotganini ko‘rasan.

U ortingdagi yo‘ldan seni to‘sib turadi. Aslida sen hohlasang ham, ortga harakatlana olmayasan. Sababi oyoqlaring tagidagi supa faqat oldinga harakatlanadi. Odamlar uni vaqt deb atashadi.

Ortingdagi eshik esa oynavand. Lekin unda ushlab ochish uchun, na tutqich va na kalitini topsang, solib ochish mumkin bo‘lgan teshik bor. U doimo yopiq ammo undan ortingdagi hayoting ko‘rinadi. Uzuq, yuliq. Chunki, xotirang, senga irodang qabul qila oladiganinigina ko‘rsatishga qodir.

Hullas kalom, o‘sha oynadan o‘tmishinga qarab boqqaningda, u yerda, balki yaxshi amallaring bisyor bo‘lsa, go‘zal manzarani ko‘rib rohatlanasan, yoki yomon amallaring ko‘p bo‘lsa, u yer huddi, jangdan qolgan maydondek, tutab yotganini ko‘rib, ruhan azoblanasan. Agar qarasang albatta!

Ammo istaysanmi yo‘qmi keksaygan vaqtingdan, ortga ko‘proooq qaraydigan bo‘lib qolasan. Chunki, ichki ovozing yo‘lni oxiri yaqinlab qolganini bot-bot eslatib turadi.

Lekin u vaqtda, ortga qaraganingda, juda ko‘p masofani bosib o‘tib bo‘lganingni his qilib, yanada ko‘proq g‘am chekasan.

Ammo afsuski huddi hozirgidek o‘sha eshikni ocha olmaysan.

Faqatgina unga qaraganingda, o‘z o‘tmishingni o‘zingga, huddi televizor kino ko‘rsatayotgandek, ko‘rsatadi. Yirik planda.

Endi esa, o‘zing hal qil! Buguningni shu zayl o‘tkazganingga ertaga afsuslanmaysanmi?

http://t.me/Shukurullo_Akramov

Aytkancha, Obuna bo‘lish be pul!