Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoga turli tarafdan qarash Insonlar turli xil. Ba'zilar fa | Shukurullo Akramov | Text Blog

Dunyoga turli tarafdan qarash

Insonlar turli xil. Ba'zilar faqatgina hammaga ayon bo‘lgan narsalarnigina ko‘ra oladi.

Ba'zilar esa siz-u biz ko‘ra olmaydiganlarini ham ko‘ra oladi.

Hullas kalom gapni cho‘zib o‘tirmayman. Kechagi maqolni biz ko‘ra olmagan ma'nosini keltirib o‘tmoqchiman.

Yuqorida ta'kidlangan maqoldagi "Kalit so‘zlar" ni boshqasiga o‘zgartiramiz. Masalan:
• O‘rmon=>Oila;
• O‘t ketsa=>Darz ketsa;
• Ho‘l-u quruq=>Katta-yu kichik;
• Yonadi=>Sinadi;
• Daraxt, meva=>Ota-ona, farzand
.

Shunda maqolimiz hayotiy fakt ko‘rinishiga keladi.

* O‘rmonga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq baravar yonadi. (Daraxt ham, meva ham)

* Oilaga darz ketsa, katta-yu kichik baravar sinadi. (Ota-ona ham, farzand ham)

Qale, zo‘rmi? Так что shunaqa gaplar.

Yoqqan bo‘lsa ulashish esdan chiqmasin!

http://t.me/Shukurullo_Akramov