Get Mystery Box with random crypto!

Shokhrukh Azamatov

Telegram kanalining logotibi shokhrukh_azamatov — Shokhrukh Azamatov S
Telegram kanalining logotibi shokhrukh_azamatov — Shokhrukh Azamatov
Kanal manzili: @shokhrukh_azamatov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-01-16 17:57:54
Yil bo'yi tong otmasdan turadigan insonning oilasi qashshoq yashamaydi.

Xitoy xalq maqoli.

https://t.me/shokhrukh_azamatov
9 viewsedited  14:57
Ochish/sharhlash
2021-08-26 08:52:46
Hech kim honavayron boʻlgan bank boshligʻi ekani bilan maqtanmaydi.


Henri Ford.

https://t.me/shokhrukh_azamatov
21 views05:52
Ochish/sharhlash
2021-06-14 19:21:30 Til va uni oʻrganish haqida

Til oʻrganish sen oʻylaganchalik qiyin ish emas ammo oson ham emas ( qalay oson boʻlganda hamma oʻrganardi-da, sodda boʻma )

Hozir 3 ta oddiy sinovdan oʻtgan maslahat beraman

1. Repetitor top akang, opang ammangni oʻgʻli boʻlmaydi (professor boʻlganda ham).

Nimaga 3 ta sabab

Birinchidan sen oʻzimizga oʻxshaysan birov ketinga tepmasa oʻqimaysan. (javob ) mustaqil oʻrganaman deb oʻzingni qiynama foydasi yoʻq( oʻta irodalilar boshqa mavzu).

Qarindosh urugʻlaringdan oʻrganish mumkin lekin hammaga ham emas chunki jiddiy qabul qilmaysan. Tartib intizom yoʻq( chunki tekin) hohlagan vaqtda u yoki sen darsni delay qivorishing mumkin.(sinalgan ishonovr)

Oxirgisi Professional repetitor qanday oʻqitishni biladi odiylari ham sen qarindoshlaring uchun tajriba quyoni emassan. Va koʻpincha ular seni potensial mijoz emas balki ortiqcha yuk deb bilishadi.( Afsuski achchiq haqiqat)

2. Qanday boshlash. Boshida qimmat nomi ulugʻ markazlarga borma oddiyroq, arzonroq va yoshroq oʻqituvchi top. ( Unutma oʻqituvchi va markaz umuman boshqa tushuncha).

Nimaga 3 ta sabab

Birinchidan qimmat va juda qimmat eng muhimi bu biznesda narx Bu sifat belgisi emas qimmat oʻquv markazida sen koʻproq tashqi koʻrinish uchun toʻlaysan ( bilimga emas). Qoʻshimchasiga qoʻshimcha dars yoki vaqt evaziga qoʻshimcha toʻlash kerak(tayyor sigirsanda )

Ikkinchi sabab boshlanishida til nima ekanligini tushunishing uchun xar qanday bilimli oʻqituvchi yetarli ( boshidagi 3-4 oy uchun).

Uchinchidan yosh oʻqituvchilar chuqurroq va yaxshiroq tushuntirishadi. Sabab ular gʻayratli, ularga mijoz kerak, ularga pul kerak.(ha yana pul )

3. Toʻxtama oddiy shunchaki toʻxtama biz oʻrganishni boshlaganimizda 20 ta edik lekin 2 kishi ola oldi( shunaqa) biz qolgan 18 kishidan yaxshi emasdik shunchaki biz toʻxtamadik. Kuniga 2 soatdan har kuni 1 yil va tamom. Tezlashtirmoqchimisan unda soatlarni 2 ga koʻpaytir 1 yilni 2 ga boʻl(ok?).

P/s qoʻrqma boshla va toʻxtama (understand?) Good hay gaplashamiz.

Tarqaaaating...

https://t.me/shokhrukh_azamatov
25 views16:21
Ochish/sharhlash
2021-06-08 04:02:30 Tik Tok va jamiyat haqida

Umuman olganda men Tik Tok yoshlarni buzayotganiga ishonmayman (buzuq narsani yana buzib boʻlmaydi) lekin u insonlar ongidagi Idni oʻldirayotganiga ishonaman. Psixoanalizda Id degan termin boʻlib Z. Freyd tomonidan tavsiflangan taxminan shaxsiy senzura degan maʼnoni anglatadi va u ong ostida paydo boʻlgan boʻlmagʻur fikrlarni ongga yaʼni real hayotga oʻtkazmaydi (yaxshiroq tushunmoqchi boʻlsang ichvoganingda qilgan ahmoqliklaringa qara, spirt uni vaqtincha falajlantiradi). Xulosa qilib aytganda filtr ishdan chiqdi.

Magic sitydagi ikta qizga kelsak menimcha ularga 15 sutka emas 2 ta bananli morojni yoki ularni erga berish tarafdoriman. ( Essiz mahallakommasmanda )

P/s yoʻqotilayotgan avlod va million tonna vaqt haqida gapirmadim chunki soʻngi yuz yildan beri biz bunga oʻrganib qoldik, qolgani bir gap boʻlar.

P/s/s boʻldi aqlaring koʻpayib ketti hamma Tik Toka olgʻa. Aytgancha YouTube ham oʻz Tik Tokini ishga tushurgan .

@shokhrukh_azamatov

https://t.me/shokhrukh_azamatov
21 views01:02
Ochish/sharhlash
2021-03-20 16:18:57 Ajoyib odat

Odatda bizda mehmonga borganda mehmon ol demaguncha ovqatga qoʻl uzatilmaydi. Toʻgʻrisini aytganda menga bu uncha yoqmaydi nega chunki ovqat keldimi ye u yeyilish uchun qoʻyilgan qorning toʻqmi yema mezbonning koʻngli uchun majburlab tiqma keyin qiynalib qolishing mumkin))

Men Bananistondagi birinchi smart campusga ega eng innovatsion deb atalayotgan Uni magistriman(har holda har ikki kunda bir shunday deb bizni noshukurlikda ayblashadi))) oʻsha unida bizni kutubxonaga majburiy obuna qildirishmoqchi( tekin albatta). Katta mablagʻ, eʼtibor sarflangan va chet ellik Dr.lar olib kelingan Uni. ammo odatlar(qarashlar) oʻzgarmas ekan xech narsa oʻzgarmaydi... Balki oʻzgarar))).

P/s oʻzingni asra bro bu salohiyat va imkoniyating bilan shu narxda Yevropada oʻqish mumkin edi. Sodda boʻlma menga oʻxshab, hali koʻp narsa sen oʻylaganchalik emas... Balki sen oʻylaganingdekdir ..

@shokhrukh_azamatov
25 views13:18
Ochish/sharhlash