Get Mystery Box with random crypto!

𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨

Telegram kanalining logotibi shokhida_yusupovaa — 𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨ 𝐒
Telegram kanalining logotibi shokhida_yusupovaa — 𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨
Kanal manzili: @shokhida_yusupovaa
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.36K
Kanalning ta’rifi

Qizlar uchun bepul darslar 📚
Shaxsiy Rivojlanish🧠
Xalqaro maydonga chiqish🌍
Stil va moda👠
Etiket🪞
Yuz parvarishi va makiyaj💄
Til kurslari📖
Moliyaviy bilimlar💵
Psixologik kurslar👑
Reklama olinmaydi!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-26 14:44:40
Assalomu alaykum qizlar
Xayrli kun
Kim bilandir qarashlarimiz, fikrlashimiz, qadriyatlarimiz to’g’ri kelmasa sekingina kanalni tark eting
Shaxsiy chegaralarni hurmat qiling, man hammaga yoqaman yoki hammaga bu yoqadi deb maska kiymayapman, boricha yozyapman hammasini
Aytganimdek “odobli” yoki “ideal” qiz qolipida emasman va buni xohlamayman ham
Maska kiyib, o’z qadriyatlarimga qarshi ish qilmayman, bu meni charchatib yuboradi, energiyamni olib qo’yadi, mani shu borimcha, shu xarakterim bilan qabul qiling va bu sizga to’g’ri kelmasa, mening muammoyim emas
Hech kimni shaxsiy chegarasiga aralashib, aql bermayapman, siz ham o’z hayotizda yashasangiz kam bo’lmaysiz
Aytgancha sizlarga zo’r yangiligim bor
5.7K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 11:44
Ochish/sharhlash
2023-03-25 23:00:56
Bugun ham juda kooop narsalar haqida gaplashdik
Sizlar bilan yanada yaqin bo’lganimdan xursandman
Kimdir mani maqtanchoq, faaqaaat o’zini maqtidi deb ensasi qotib o’tirgan bo’lishi mumkin, battar bo’lishsin man borini aytdim
Alloh bergan ne’matlarni eslashlik va shukrona keltirishlik, boshqalarga ham energiya va motivatsiya ulashish bu ajoyib narsa
Aslida hasad qilayotganlar, ich-ichidan mana shu hayot o’zida bo’lishini xohlaganlar va erisha olmayotganlar bo’ladi
Kimgadir hasad qilganizda siz u narsani o’zizdan uzoqlashtirasiz va u narsaga erisha olmaysiz
Aksincha havas qilsangiz, juda tez nasib etadi sizga ham
Odatda negativlar bilan kurashmiman, shundoq spam bervoraman yoki xuddi o’zini stilida javob qaytarib chaqib olaman
Xarakterim bilan munosabatimni almashtirmang, qanday savol bersangiz shunday javob olasiz
Yaxshi dam olinglar
Hali bizni birga juda ko’p manfaatli loyihalar kutmoqda
4.1K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 20:00
Ochish/sharhlash
2023-03-25 22:33:25
Aslida ovqatlarni juda yaxshi qilaman
San’at asari bo’lib chiqadi qilsam)
Man bilan pishiriq guruhida o’qigan qizlar bo’lishsa, biladilar)
Eng zo’ri maniki chiqardi hamisha
U xamir ovqatmi, shirinlikmi, salatmi, zo’r qilaman bunga 100 foiz javob berolaman)
Shunchaki hayotimni ovqat qilish yoki uy ishlari bilan o’tkazib yuborishni xohlamayman va yaqin kelajakdagi planlarimda uyimga yordamchi olish niyatim bor,
In Shaa Allah
Va bu mening xohishlarim)
Hayotimni o’zim xohlagandek yashashga haqliman
3.7K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , edited  19:33
Ochish/sharhlash
2023-03-25 22:22:22
Kun tartibim
Aytganimdek erkinlik man uchun hamma narsa
Qanaqadir qoliplar va streotiplarni yoqtirmayman)
O’zbek mentalitetidagi “yaxshi qiz” qolipida emasman)
Ertalab erta bilan turmiman, ko’cha supurmiman, uy ishlarini har kun qilmiman)
Yoshi katta bo’lishidan qat’iy nazar hech kimni shaxsiy chegaramga aralashtirmiman)
Qolipga solingan, o’rgatilgan zombi emasman)
Uydayam xohlaganimdek kiyinaman)
Ba’zi kunlari obedgacha uxlashim mumkin, balki kun bo’yi. Ovqat qilgim kelmasa, shunchaki dostavka qildiramiz)
Hozir yanayam o’z ustimda ishlayapman, sog’ligimga e’tibor beryapman, yangi kurslar kitoblar o’qiyapman)
3.6K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 19:22
Ochish/sharhlash
2023-03-25 22:06:48 Bitta gap aytiy qizlar
Sizlar bilan yaqindan tanishib shunaqa mehr qo’ydiiim
Rahmaaat barchangizga, mani ikkinchi oilam
Kamida mandey bo’lilar
3.5K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 19:06
Ochish/sharhlash
2023-03-25 22:05:24 Xo’p yana 3 ta yozaman
Maqsadlarim haqida ertaga)
3.4K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , edited  19:05
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:54:52
Sifat hayotimdagi asosiy qadriyatlarimdan biri
O’zimga eng yaxshisini ravo ko’raman
Sifatli hayot, sifatli munosabatlar, sifatli uy, sifatli moshina, sifatli bilim, sifatli kiyim, sifatli ovqat, sifatli do’stlar
Xullas hamma narsaning eng yaxshisiga harakat qilaman
Manga shuyam bo’luradi demiman)
Man eng yaxshisiga loyiqman diman va shunga harakat qilaman
In Shaa Allah o’zimning o’zim xohlagandek sifatli va komfort uyim, zoooor moshinam bo’ladi va man unda sevgilim va bolachalarim bilan gormoniyada, eeeerkin yashiman
Eng oxirgi rusumdagi telefonni ishlataman, hamma ishlatgani uchunmas, sifati uchun
Eng zo’r kiyimlarni, sumkalarni paryumeriyalarni ravo ko’raman o’zimga, Allohim ham shunga yarasha beradi, behisob shukr
3.5K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , edited  18:54
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:37:01
Hech narsaga o’zimni majburlamiman absolyut darajada
O’zimi majburlab nimadir ish qimiman, kim majburlasayam yoqmasa qimiman baribir
Kimnidir hurmati yoki xafa bo’lmasligi uchun o’zim xohlamagan joyga bormiman, o’zim xohlamagan odam bilan gaplashmiman, o’zim xohlamagan mavzuda gapirmiman)
Odamlarning fikri, nima deb o’ylashi, qanday muhokama qilishi manga 1 tiyin)
Hayotimning markazida o’zim turaman, kimdir nimadir deb o’ylashi yoki boshqalarning mandan nima kutishi emas)
Kim uchundir qandaydir yaxshilik qilsam, xohlaganim uchun qilganman, o’zim xohlamagan joyda yashamiman, munosabatlarda ham hech narsaga qalbimi majburlamiman)
Bir marta yashaydigan hayotimda kimnidir fikri deb o’zim xohlamagan hayotda, o’zim xohlamagan insonlar bilan yashay olmayman, kimnidir hurmati uchun xohlamagan insonlarim bilan munosabatda bo’lolmiman)
Nimadirga o’zimni majburlasam energiyasiz bo’lib qolaman va hech narsaga majburlamiman)
Hayotimdagi yagona majburiyatim Alloh yo’lida halol va baxtli yashash
3.6K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 18:37
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:21:15
Odamlarning dini, ijtimoiy kelib chiqishi va kiyinishiga qarab muomala qilmayman)
Har bir inson Yaratganning yozgan taqdirida yashayapti va uning hayotdagi missiyasi shundan iborat)
O’ta ochiq kiyinmayman, o’ta tor va kalta ham) Lekin shunday kiyinadigan qizlarni ham yoki o’rangan qizlarni ham muhokama qilmayman)
Bu ularning shaxsiy tanlovi, hayot ularniki va birovning kiyinishi, yurish-turishi, savob-u gunohi uchun birov javob bermaydi)
Kiyim, din, qanday yashash har kimning o’zining qarori va bunga boshqalarning aralashishga haqqi yo’q)
Man uchun insonning odamgarchiligi, halolligi va munosabati muhim, ya’ni u bilan man o’zimni qanday his qilishim)
Boshqasi o’ta shaxsiy narsa va hech kimning aralashishga haqqi yo’q
O’zidan dindor yasab olib, hammaga aql beruradigan, muhokama va g’iybat qiladigan, missionerlik qiladigan insonlardan yiroqlashaman)
DIN va Siyosat mavzusida hech kim bilan gaplashmayman ham, baxslashmayman ham)
Har bir din, jins, millat vakillarini hurmat qilaman
3.6K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 18:21
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:09:38
Shartaki insonman)

Hech kimga nimadir muddao ko’zlab paxta qo’ymiman hech qachon!
Kimdadir qaysi holat yoqmasa yuziga aytaman, yonida tirjayib, ortidan pismiqlik qiladigan odatim yo’q
Borini shunday aytaman qo’yaman. Odamlarga “yo’q” deya olaman.
O’zim xohlamagan hamma narsaga yo’q deya olaman, nimadir yoqmadimi yo’q buni qilmayman, mendan boshqa so’ramang deya olaman, nimadir ovqat yoqmadimi, yo’q bu ovqat yoqmadi deya olaman) (juda ovqat tanlaydigan injiqmasman, muhimi u ovqat nimadan va qanday pishirilgani)
O’z manfaatim yo’lida kimdirdan foydalanmiman, asalim, shakarim deb ishimi bitirmiman va boshqalarning ham mendan foydalanishiga yo’l qo’ymiman)
Manfaatlar ikki tomonlama bo’lishi kerak, u bir taraflama bo’lsa, ya’ni kimdir foyda ko’rib, bir taraf zarar ko’rsa balans qonuni buziladi va uning manfaati sizga yuqmaydi)
3.7K viewsShokhida Yusupova| Uzbekistan , 18:09
Ochish/sharhlash