Get Mystery Box with random crypto!

Shartaki insonman) Hech kimga nimadir muddao ko’zlab paxta qo | 𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨

Shartaki insonman)

Hech kimga nimadir muddao ko’zlab paxta qo’ymiman hech qachon!
Kimdadir qaysi holat yoqmasa yuziga aytaman, yonida tirjayib, ortidan pismiqlik qiladigan odatim yo’q
Borini shunday aytaman qo’yaman. Odamlarga “yo’q” deya olaman.
O’zim xohlamagan hamma narsaga yo’q deya olaman, nimadir yoqmadimi yo’q buni qilmayman, mendan boshqa so’ramang deya olaman, nimadir ovqat yoqmadimi, yo’q bu ovqat yoqmadi deya olaman) (juda ovqat tanlaydigan injiqmasman, muhimi u ovqat nimadan va qanday pishirilgani)
O’z manfaatim yo’lida kimdirdan foydalanmiman, asalim, shakarim deb ishimi bitirmiman va boshqalarning ham mendan foydalanishiga yo’l qo’ymiman)
Manfaatlar ikki tomonlama bo’lishi kerak, u bir taraflama bo’lsa, ya’ni kimdir foyda ko’rib, bir taraf zarar ko’rsa balans qonuni buziladi va uning manfaati sizga yuqmaydi)