Get Mystery Box with random crypto!

Shodiyor Shamsiy

Telegram kanalining logotibi shodiyorshamsiy — Shodiyor Shamsiy S
Telegram kanalining logotibi shodiyorshamsiy — Shodiyor Shamsiy
Kanal manzili: @shodiyorshamsiy
Toifalar: Sanʼat , Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29
Kanalning ta’rifi

Savol va takliflar uchun:
@Shodiyor_official

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-10-04 17:28:09 #arxiv

O'tar dunyo o'tar zamon
O'tar yaxshi o'tar yomon
Erta indin qaro ko'zing
Qumga botar hech begumon
Tug'ilgansan g'amda nolon
Umring bo'yi yasha shodon
Topmoq qancha qiyin bo'lsa yo'qotmoqlik shuncha oson
Bahordagi lola rayhon
Kuz bag'rida bo'lar xazon
Boylik uchun sotilgan baxt-
Bir umrlik- achchiq armon...

Shodiyor Shamsiy

@Shodiyorshamsiy
329 viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2020-10-02 16:19:04 **

Gapirayotgan gaplaringni hammasi haqiqat bo'lganida edi ...
O'zingni haq ekanligingni isbotlashga bunchalar jon kuydirmagan bôlar eding
ey do'st...


Shodiyor Shamsiy

@ShodiyorShamsiy
332 views13:19
Ochish/sharhlash
2020-09-29 19:44:13 Kun.uz ning la'nati botidan bezganlarga xayrli tun!
301 views16:44
Ochish/sharhlash
2020-09-29 18:53:19 İnsonni ulkan tog' etagiga yoqqan qor parchasiga o'xshataman .
beg'ubor tug'iladi, beg'am yotadi va inson hayot qiyinchiliklarida yonganiday, quyoshning nurlarida erib suv tomchisiga aylanadi va pastda oqayotgan daryoga borib qöshiladi va yôq böladi ,
xuddi inson mangulikka ğarq bölgani kabi....

Shodiyor Shamsiy
296 views15:53
Ochish/sharhlash
2020-09-29 18:53:19 Tug'ilgan yilim :1999
Sana:26 oktabr
İsmi sharifim : Shodiyor Otaboyev
Tana haroratim :38 C

P.s : Kanalni kuzatib borayotganingiz uchun rahmat , sizlar uchun qo'ldan kelgancha ijoddamiz !
O'zingizni va yaqinlaringizni asrab -avaylang azizlarim
268 views15:53
Ochish/sharhlash
2020-09-28 11:37:07 Kam hijolat bo'laman desang, kamroq gapir.

Shodiyor Shamsiy
255 views08:37
Ochish/sharhlash
2020-09-24 11:29:56 Eh, ko'ngil.....


Ko'nglim nega buncha ma'yussan
Borliging bilinmas, bir parcha muzsan
Balki zarracha ham oğriq bermassan
Ko'ksimdan qo'porsam,qo'porsam uzsam...

Nega o'rtanmaysan zulmni ko'rib ,
Zulukday yotsalar qoningni so'rib
Bir so'z ham demaysan deya olmaysan
Senda bir teng haqli fuqaro bo'lib...


O'nta barmoğini oğziga tiqib
Pora so'raganda yuzsiz amaldor
Betiga tupurish kelmas qo'lingdan
Bilasan ,keyin kim chekishin ozor

Sen nohaq bo'lasan u bo'ladi haq,
Qozining yuziga pul bilan urar ...
Demokratiya yo byurokratiya
Buni amaldor-la tortishgan bilar!

Eh ko'ngil ,eh ko'ngil
Tilingni tiygil
Sen haqiqat deya o'ylama mutloq
Bor tuzumni maqta, laganingni qoq ,
Shoir shu emasmi ? Zamonangga boq!


Shodiyor Shamsiy
24.09.2020

@ShodiyorShamsiy
339 views08:29
Ochish/sharhlash
2020-09-21 08:19:12 Do'stimga...

Yaxshilikni bilganlarga qil
Bilmaganni betiga tupur
Bir ish qilsang o'ylanib qilgin
Bajardingmi so'rama uzr

Erkakmisan g'ururing bo'lsin
Ustun qo'yma qizingni do'stdan
Ayol makri ilonning zahri
Ozdiradi bir kuni yo'ldan

Oxiratda ojizalarmas...
Chin do'stlaring ko'tarar tobut
Bu dunyoda nomardga ham mard
Erkaklarga monand bo'lib o't!!!...

Shodiyor Shamsiy
289 views05:19
Ochish/sharhlash
2020-09-20 08:11:35 Baxtli inson emas, baxtli insonlar bo'ladi chunki inson yolg'izlikda baxtdan bebaxradir

Shodiyor Shamsiy
309 views05:11
Ochish/sharhlash