Get Mystery Box with random crypto!

#arxiv O'tar dunyo o'tar zamon O'tar yaxshi o'tar yomon Erta | Shodiyor Shamsiy

#arxiv

O'tar dunyo o'tar zamon
O'tar yaxshi o'tar yomon
Erta indin qaro ko'zing
Qumga botar hech begumon
Tug'ilgansan g'amda nolon
Umring bo'yi yasha shodon
Topmoq qancha qiyin bo'lsa yo'qotmoqlik shuncha oson
Bahordagi lola rayhon
Kuz bag'rida bo'lar xazon
Boylik uchun sotilgan baxt-
Bir umrlik- achchiq armon...

Shodiyor Shamsiy

@Shodiyorshamsiy