Get Mystery Box with random crypto!

Do'stga... Tiriksan-u, óliklardan farqing yóqdir, Vadabozsan, | Shodiyor Shamsiy

Do'stga...

Tiriksan-u, óliklardan farqing yóqdir,
Vadabozsan, lek so'zinggaga ahding yóqdir.
101 yil yashasang ham bu dunyoda,
Allohni bir eslamoqqa vaqting yo'qdir.

Nolinasan tugalmas bir dardim bor deb
Azoblamang! mening ham pok qalbim bor deb.
Qalbingga boq, qurum bosib qolmadimi?
Eslamaysan ,mexribon ul Robbim bor deb.

Gunohingdan tavba qilgil, uzr ayla.
Nafsingni tiy, zino ishdan kufr ayla .
Bu dunyoda baxt hisini tuyay desang,
Yetkazgan har lahzasiga shukur ayla.

Chorasizman, dema buncha og'ir bu yuk
Chorasi bor vujudingda yurak urib tursa duk-duk.
Haqqa ishon, Haqqa yolvor Haqdan so'ra ,
Alloh buyuk, Alloh buyuk, Alloh buyuk!

Shodiyor Shamsiy
15.10.2020

@Shodiyorshamsiy