Get Mystery Box with random crypto!

YOZAMAN... Gohi mendan so'rashar kulib Siz she'rlarni qanday | SHERLAR

YOZAMAN...

Gohi mendan so'rashar kulib
Siz she'rlarni qanday yozasiz?
Deyman,sirli makonda kelar
Ilhomlarim desam yonasiz.

Ba'zan hayot tutkazar qalam,
Gohi kuyib yonib yozaman.
Dil g'ashlansa ozor alamdan,
Taqdiridan nolib yozaman.

Goh kuldirib, yig'latib kelar
Hijronlardan bezib yozaman.
Achchiq qismat o'ynidan gohi
Netay esdan butkul ozaman.

Dardlarimni eshitguvchi jim
Yulduzlarga ketgim keladi.
Yozib, yozib ba'zan charchasam
Dunyosidan ketgim keladi.

Shodliklarga ergashib qayg'u
Sitamlardan bezib yozaman.
Kezib charchab zulmat ichidan
Yorug'likni izlab yozaman.

Taqdir o'zi ajib muallim,
O'rgatadi tinglab yozaman.
Parvoz etib she'rlarim bilan
Quyoshlarga tenglab yozaman.

Kimdir saboq berar hayotdan
Kim uchundir yomon yozaman.
Kimni ko'ngli to'lgan ijoddan
Kim kimlar deb kuyib yozaman.

Asablarni egovlasa goh
Alamimdan yonib yozaman.
Hoyot shuda goh undoq mundoq
Barchasiga ko'nib yozaman.

O'chiraman chizaman yana
Qancha qog'oz qanday yozaman.
Dardlarimni oshkora gohi
Ich ichimga solib yozaman.

Demang qaydan topib yozasiz
Men hayotdan olib yozaman.

IRODAXON QOSIMOVA.
23.08.2023.  21:00.


https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


anba: @sherlar


        #like_boss