Get Mystery Box with random crypto!

​​QIYOMATLIK DOʻST Men seni Xudodan yalinib topdim, Soʻng qay | Shaxsiy Blog1

​​QIYOMATLIK DOʻST

Men seni Xudodan yalinib topdim,
Soʻng qaygʻu eshigin manguga yopdim.
Garchi baxt ortidan juda koʻp chopdim,
Menga goh uchradi
xiyonatli doʻst,
Boringga ming
shukr qiyomatlik doʻst.

Sendan gado yangligʻ non soʻramayman,
Malak-ul mavt kabi jon soʻramayman.
Yetim qolgan qushdek don
soʻramayman,
Men mehr soʻrayman
diyonatli doʻst,
Boringga ming
shukr qiyomatlik doʻst.

Sendan yashirguvchi sirim yoʻq mening,
Ishongin dilimda kirim yoʻq mening,
Xato qilsang boʻlay
koʻzguying sening,
Bu dunyo ham ekan
sinoatli doʻst,
Boringga ming
shukr qiyomatlik doʻst.

Yelkamda
gunohim fildanda ogʻir,
Men ham bir quldirman, Xudomas axir!
Menga sovgʻa qilgin bir chimdim mehr,
Kimlargadir kerak
daromadli doʻst.
Boringga ming
shukr qiyomatlik doʻst.

Sensiz huvullagan ayvonman oʻzim,
Misli yaralangan jayronman oʻzim.
Oʻzimning holimga hayronman
oʻzim,
Yovga xam tilayman
salomatlik doʻst,
Boringga ming
shukr qiyomatlik doʻst.

Topilar
mol-dunyo, janona va pul,
Pulga biz qul emas! Pul bizlarga qul!
Sendan kechmoq jondan kechishdek mushkul,
Haqqa itoatli, ibodatli,
doʻst,
Boringga ming shukr,
qiyomatlik doʻst.

Qiyomat kunida boʻlmaskan soya,
Shunda Alloh aylab bizni himoya.
Soya bergay quvon, shudir kifoya,
Duo qilsak boʻlsin, ijobatli doʻst,
Boringga ming shukr qiyomatli doʻst.

Shaytonga qo'gʻirchoq boʻlmasang boʻldi,
Hajga bir bormasdan soʻlmasang boʻldi.
Faqat mendan oldin oʻlmasang boʻldi,
Bu jonim ham axir omonatli doʻst,
Boringga ming shukr qiyomatlik doʻst.

11:45-18.06.2013
Abdurahmon Meshayan

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf