Get Mystery Box with random crypto!

ل Butun dunyo faylasuflarining savollariga javob boʻlgan bitta | Shaxsiy Blog1

ل
Butun dunyo faylasuflarining savollariga javob boʻlgan bitta harf.

Falsafa (filosofiya) soʻzi yunoncha filo — sevish va sofiya — hikmat soʻzidan olingan. Falsafa — hikmatni sevish.

Qadimgi-yu bugungi barcha faylasuflar — hikmatshunoslar “nima uchun?” degan savolga javob qidirishgan.

Hikmat aslida har qanday ishga mazmun va maʼno beradigan va uni mantiqiy qiladigan narsadir.

Xoʻsh, olamlarning bor ekanligining hikmati nima? Qanday hikmat bilan dunyo bugungi holga keldi.

Tabiat qonuniyatiga koʻra, hech bir zarra oʻz-oʻzidan bor boʻlmaydi, va oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlmaydi, balki shaklini, turini oʻzgartiradi.

Atomlar molekulaga aylansa ham, aylanmasa ham, dunyo turgancha u yoki bu koʻrinishda turaveradi. Ularda yashash uchun kurash yoʻq.

Atomlar molekula boʻlsa-boʻlmasa; molekula hujayra boʻlsa-boʻlmasa, hujayra aʼzo, aʼzolar jonzot boʻlsa-boʻlmasa, koinot turgancha bor boʻlib turaveradi.

Bir atom uchun, uning odam atomi, toshdagi zarra atomi yoki koinotda daydib yurgan vodorod atomi boʻlishning farqi yoʻq. Uning borligi yoki yoʻqligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Xoʻsh shunday ekan, nima sababdan atomlar birlashib, jonzot holiga kelyapti? Buning hikmati nima?

Mana shu savolga javob topish odamlarni tafakkurga, hikmatni qidirishga, yaʼni falsafaga undagan.

Falsafa esa, biologiya, fizika, matematika, botanika, mikrobiologiya, astronomiya kabi fanlarga ota boʻlgan.

Butun dunyo ilm-fani mana shu jarayonlar ortidagi hikmatni topishga qaratilgan.

Agar biror olim, u zoolog boʻladimi, mikrobiolog boʻladimi, astrofizikmi, oʻz ilmiy tadqiqotlarini ana shu hikmatni topishga qaratmas ekan, demak u mutafakkir emas, texnik xodimdir. Chunki shunchaki hikmatsiz hisob-kitobni kompyuter ham qiloladi.

Xoʻsh? Barcha mutaffakirlar borliqning hikmatini qidirar ekan, topganlarmi?

Yunon faylasuflari faqat aqlni ishlatish orqali hikmatni topishga urinishgan va qisman topishgan. Musulmon faylasuflari esa aqlni naql orqali sayqallab hikmatni topishgan.

Zotan musulmonlar qoʻlida Hikmatning oʻzi bor edi.

Soʻzimizning boshiga kelsak, bugungi kunda dahriy boʻlgan ilm-fan vakillari hali hanuz topolmagan narsa, butun borliqning bor boʻlishi ortidagi hikmat edi.

Qurʼoni karimda esa, bu hikmat bir harf ortida oʻrin olgan:

ل
Lom harfi “uchun” degan maʼnoni bildiradi.

“Jin va insonni faqat menga ibodat qilishi uchun yaratdim”. Zariyat, 56.

ليعبدون
“Liyaʼbuduuni”

Menga ibodat qilishi uchun.

Mana shu hikmatni toʻgʻri anglasak, olamlardagi barcha narsaning mavjudligi mantiqiy va maʼnoli boʻladi.

SaidKomil MuhammadKarim

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf