Get Mystery Box with random crypto!

Qissa: Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o‘rgimchak ipak qurti | Sharq adabiyoti

Qissa: Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o‘rgimchak ipak qurtiga:
— Men senga juda achinaman, bir ozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko‘p vaqt sarf etasan. Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshidan oyog‘igacha to‘r o‘rab bitirdim. Menga o‘xshab shoshib-pishib to‘r o‘rasang bo‘lmaydimi?— dedi. Ipak qurti unga:
— To‘g‘ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to‘ring hech qimmatga ega emas, mening to‘rim esa juda qimmatli to‘r,— deb javob berdi.
Hissa: Shoshma-shosharlik bilan ishlashdan hech foyda hosil bo‘lmaydi.

Tarjimon: Shorasul Zunnun
"Oz-oz o'rganib dono bo'lur" 96-bet.

@sharqadabiyoti