Get Mystery Box with random crypto!

Sharq adabiyoti

Telegram kanalining logotibi sharqadabiyoti — Sharq adabiyoti S
Telegram kanalining logotibi sharqadabiyoti — Sharq adabiyoti
Kanal manzili: @sharqadabiyoti
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 311
Kanalning ta’rifi

Sahifamizda sharqning mashhur shoirlari, yozuvchilari ijodidan sizga tanish va notanish, siz bilgan va bilmagan misra, she'r, hikoya, hikmatlardan parchalar o'qishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-03-04 12:12:35
Mutolaadan uzoqlashganim sari
Olloh meni odamlar bilan jazoladi

Marvon Rifoiy

@sharqadabiyoti
1.8K viewsJumayeva Kamola, edited  09:12
Ochish/sharhlash
2022-02-28 13:29:30
Севги фасллар алмашинувига бўйсунмай унувчи ва ғунча тугадиган ягона гулдир.

Жуброн Халил Жуброн

@sharqadabiyoti
2.5K viewsJumayeva Kamola, 10:29
Ochish/sharhlash
2022-02-25 18:43:41
Бунда ҳар ким кетмай нетар,
Борса келмас йўлга кетар,
Бизнинг ҳолимиздан хабар
Олганларга салом бўлсин.

Юнус Эмро

@sharqadabiyoti
2.0K viewsJumayeva Kamola, 15:43
Ochish/sharhlash
2022-02-16 16:40:08
Qissa: Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o‘rgimchak ipak qurtiga:
— Men senga juda achinaman, bir ozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko‘p vaqt sarf etasan. Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshidan oyog‘igacha to‘r o‘rab bitirdim. Menga o‘xshab shoshib-pishib to‘r o‘rasang bo‘lmaydimi?— dedi. Ipak qurti unga:
— To‘g‘ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to‘ring hech qimmatga ega emas, mening to‘rim esa juda qimmatli to‘r,— deb javob berdi.
Hissa: Shoshma-shosharlik bilan ishlashdan hech foyda hosil bo‘lmaydi.

Tarjimon: Shorasul Zunnun
"Oz-oz o'rganib dono bo'lur" 96-bet.

@sharqadabiyoti
2.4K viewsJumayeva Kamola, 13:40
Ochish/sharhlash
2022-02-12 09:03:41
Мени кутгил ва мен қайтарман,
Ўлимларни қолдириб доғда.
Иши ўнгдан кепти десинлар
Кутмаганлар мени у чоғда.

Константин Симонов
Таржимон: Ҳамид Олимжон

@sharqadabiyoti
2.2K viewsJumayeva Kamola, 06:03
Ochish/sharhlash
2022-02-12 08:45:28
Мени кутгил ва мен қайтарман,
Фақат кутгил, жуда интизор,
Кутгил, ёмғир зериктирганда,
Мени кутгил, ёққанида қор,

Константин Симонов
Таржимон: Ҳамид Олимжон

@sharqadabiyoti
2.1K viewsJumayeva Kamola, 05:45
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:57:41
Men bir ajib holga keldim,
Kimsa holim bilmas mening.
Men so’ylayman men tinglayman
Kimsa tilim bilmas mening.

Yunus Emro

@sharqadabiyoti
1.6K viewsJumayeva Kamola, edited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-02-11 18:53:41
Biz dunyodan ketar bo’ldik, qolganlarga salom o’lsin,
Bizning uchun ezgu duo qilganlarga salom o’lsin.

Yunus Emro

@sharqadabiyoti
1.5K viewsJumayeva Kamola, 15:53
Ochish/sharhlash