Get Mystery Box with random crypto!

#imtihon_jarayoni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat i | SHAKHRIBONU_MIRZAYEVA 👩‍🎓

#imtihon_jarayoni

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, "Folklor va etnografiya" yo'nalishi 4-bosqich talabalari 2021/2022 o'quv yilining so'ngida bitiruv malakaviy ishi bo'yicha yakuniy davlat imtihonini topshirishdi.

Talabalar imtihon jarayonida o'zbek xalqining milliy urf odatlari mujassam bo'lgan to'y marosimlaridan sahna ko‘rinishlari hamda o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalaridan o'lanlar, laparlar, yor-yor va dilrabo kuy-qo'shiqlar ijro etishdi.

Bugungi yakuniy davlat imtihoniga O'zbekiston xalq artistlari Yorqinoy Xotamova, Sultonbek Mannopov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Muhsinbek Mo'minovlar raislik qildilar.

Shuningdek, imtihon jarayonida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Muhabbat Abdullayeva, filial direktori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ximmatov Davlat Axatqulovich hamda "Xalq ijodiyoti" kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi
.