Get Mystery Box with random crypto!

#imtihon_jarayoni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat i | SHAKHRIBONU_MIRZAYEVA 👩‍🎓

#imtihon_jarayoni

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, "Folklor va etnografiya" yo'nalishi 3-bosqich talabalari o'quv yilining 6-semestri so'ngida "Folklor asarlarini sahnalashtirish" fanidan yakuniy nazorat imtihonini topshirishdi.

Talabalar imtihon davomida "Bu na gumbazdir" (chiston), o'zbek xalq qo'shiqlaridan "Men bu yerga kelmas edim", "O'zbekiston", Uvaysiy qalamiga mansub "Tokay" qo'shig'ini hamda turli sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

Imtihon jarayonida filial direktori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ximmatov Davlat Axatqulovich boshchiligida "Xalq ijodiyoti" kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi
.

Fan o‘qituvchisi: "Xalq ijodiyoti" kafedrasi dotsenti G'ofirjon Yunusov