Get Mystery Box with random crypto!

🌼 𝓢𝓮𝓿𝓰𝓲𝓶𝓼𝓪𝓷𝓴𝓾𝓾𝓾𝓾 🌼

Telegram kanalining logotibi sevgimsankuuuu — 🌼 𝓢𝓮𝓿𝓰𝓲𝓶𝓼𝓪𝓷𝓴𝓾𝓾𝓾𝓾 🌼 𝓢
Telegram kanalining logotibi sevgimsankuuuu — 🌼 𝓢𝓮𝓿𝓰𝓲𝓶𝓼𝓪𝓷𝓴𝓾𝓾𝓾𝓾 🌼
Kanal manzili: @sevgimsankuuuu
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 78
Kanalning ta’rifi

ᴋᴀɴᴀʟɪᴍɪᴢ ᴋᴜᴢᴀᴛᴜᴠᴄʜɪʟᴀʀɪ ᴜᴄʜᴜɴ:
🎧 ᴍᴜsɪǫᴀ ᴍᴘ3ʟᴀʀ
📝 ʜɪᴋᴏʏᴀ sʜᴇ'ʀʟᴀʀ
📸 ᴄʜɪʀᴏʏʟɪ ʀᴀsᴍʟᴀʀ
💌 ᴀꜰᴏʀɪᴢᴍ, sᴛᴀᴛᴜsʟᴀʀ
🎐 ᴋᴏ'ɴɢɪʟ ᴏᴄʜᴀʀ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
⛱ @Enigmauz
🕊ʙɪᴢᴅᴀɴ ᴜᴢᴏǫʟᴀsʜᴍᴀɴɢ ʙɪᴢ sɪᴢɢᴀ ᴇɴɢ ʏᴀxsʜɪsɪɴɪ ɪʟɪɴᴀᴍɪᴢ

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-01-26 18:28:48 Ibratli Monolog




https://t.me/Sevgimsankuuuu]
1.4K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2022-01-22 18:14:46
Islomda ayollarning qadri qanchalar baland a?

Uning bir tola sochini ko'rmoqligingiz uchun butun umringizni bag'ishlamog'ingiz lozim
1.4K views15:14
Ochish/sharhlash
2022-01-20 18:42:45 //O'qing

Ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi:

— Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman.

Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi alfozda davom etadi:

— Paypoqqayam, pampersgayam o‘g‘limdan pul so‘rayvermaydi, deyman-da. O‘qimishli qiz o‘zini o‘zi uddalaydi-da...

Bu so‘zlar va jamiyatimiz ahvoli "Amallar niyatga bog‘liq" ekanligini yana bir bor tasdiq etayotgandek...

Qayerga qarama, "o‘zini uddalayotgan" ayolga ko‘zing tushadi. Biri hamshira, birisi o‘qituvchi, biri bozorda savdo qilsa, narigisi mardikorlikka chiqadi.

Ehhh, deysan, nahotki odamlar o‘z jigarbandi-qiziga shunday yukni ravo ko‘rsa. Axir ayol uchun o‘zini o‘zi uddalash qanday og‘ir ekanini nahotki bilmaysiz?!

O‘zini-o‘zi uddalayotgan ayollar bilan yaqinroqdan tanishib, dardiga quloq tutib ko‘ring. Yuzi kulsa-da, ko‘zlari kulmaydi. Labi tabassum qilsa-da, chehrasi g‘amgin.

Qizingizni o‘qitmang, demayman. O‘qiting, albatta, o‘qiting!

Lekin zinhor o‘zini-o‘zi uddalashi uchun emas!

Qizingizni dunyoga teran nazar sola olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Qizingizni turmushdagi har xil holatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Har xil holatlarda turmush o‘rtog‘iga yaxshi maslahatchi bo‘la olishi uchun, halol-haromni farqiga bora olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Vanihoyat, ilmi o‘sib, yuqoridagi ishlardan ham ortib qolgudek bo‘lsa, jamiyat rivojiga ham hissa qo‘sha olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

O‘zini uddalab yashashni hech bir ayolning boshiga solmasin. Uni otasi uddalasin, eri ta'minotini qilsin, keksayganida bolalari ardog‘ida bo‘lsin.

Aslo o‘zini o‘zi uddalamasin ayol...

Gavhar Nasrulloh
1.4K views15:42
Ochish/sharhlash
2022-01-18 19:39:16
Bu dunyoda sen gapirmasang ham seni sen xohlagandek tushunishi mumkin bo‘lgan odamning biri — opa

@Sevgimsankuuuu
1.1K viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2022-01-18 19:29:09 ....

Rostini aytsam shu paytgacha menga ancha-muncha odamlar, do‘stlarim kitob sovg‘a qilishgan va hamon shu odat davom etib kelmoqda (bu bizdagi oddiy odat tusiga aylanib ulgurganiga shukur deyman men)... sizlarga ikki og‘iz gapim bor: rahmat kattakon hammangizni qadrlayman! sababi, miyam muzlab qolishiga qo‘yib bermagan sizlar, men umuman tanimagan mutlaqo bilmagan odamlar bir ilojini qilib kitob sovg‘a yuborgan bo‘lsa sizlarga alohida aytarim: rahmat kattakon qalbim muzlab qolishini xohlamagan sizlar... chindan qadrlagan bo‘lsangiz hurmatim cheksiz! #mood
1.0K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-01-13 13:00:16
Boshqalarga ishonchingiz qay darajada kuchli bo‘lmasin, ularga hayotingiz xonalaridan faqat mehmonxonanigina oching...
1.1K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-01-12 19:08:00
Sizga ko'targan ovozim chiqmay qolsin Ona...
1.1K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-01-09 19:22:25 #iltimos

Dil qumsagan "Toza Havosan"...
Osmoningga olib ket meni...!


@Sevgimsankuuuu
992 views16:22
Ochish/sharhlash
2022-01-08 18:49:14
Yangi hayot qayerdan boshlashni bilmasang, namozdan boshla!

@Sevgimsankuuuu
970 views15:49
Ochish/sharhlash
2022-01-04 20:16:56
Pok qalbimda
Qoldirdi dog'lar
Qalbi majruh
Tanasi sog'lar...
962 views17:16
Ochish/sharhlash