Get Mystery Box with random crypto!

//O'qing Ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida eka | 🌼 𝓢𝓮𝓿𝓰𝓲𝓶𝓼𝓪𝓷𝓴𝓾𝓾𝓾𝓾 🌼

//O'qing

Ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi:

— Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman.

Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi alfozda davom etadi:

— Paypoqqayam, pampersgayam o‘g‘limdan pul so‘rayvermaydi, deyman-da. O‘qimishli qiz o‘zini o‘zi uddalaydi-da...

Bu so‘zlar va jamiyatimiz ahvoli "Amallar niyatga bog‘liq" ekanligini yana bir bor tasdiq etayotgandek...

Qayerga qarama, "o‘zini uddalayotgan" ayolga ko‘zing tushadi. Biri hamshira, birisi o‘qituvchi, biri bozorda savdo qilsa, narigisi mardikorlikka chiqadi.

Ehhh, deysan, nahotki odamlar o‘z jigarbandi-qiziga shunday yukni ravo ko‘rsa. Axir ayol uchun o‘zini o‘zi uddalash qanday og‘ir ekanini nahotki bilmaysiz?!

O‘zini-o‘zi uddalayotgan ayollar bilan yaqinroqdan tanishib, dardiga quloq tutib ko‘ring. Yuzi kulsa-da, ko‘zlari kulmaydi. Labi tabassum qilsa-da, chehrasi g‘amgin.

Qizingizni o‘qitmang, demayman. O‘qiting, albatta, o‘qiting!

Lekin zinhor o‘zini-o‘zi uddalashi uchun emas!

Qizingizni dunyoga teran nazar sola olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Qizingizni turmushdagi har xil holatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Har xil holatlarda turmush o‘rtog‘iga yaxshi maslahatchi bo‘la olishi uchun, halol-haromni farqiga bora olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Vanihoyat, ilmi o‘sib, yuqoridagi ishlardan ham ortib qolgudek bo‘lsa, jamiyat rivojiga ham hissa qo‘sha olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

O‘zini uddalab yashashni hech bir ayolning boshiga solmasin. Uni otasi uddalasin, eri ta'minotini qilsin, keksayganida bolalari ardog‘ida bo‘lsin.

Aslo o‘zini o‘zi uddalamasin ayol...

Gavhar Nasrulloh